Suv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suv yer yuzining 71%ga yaqin qismini egallaydi.

Suv, vodorod oksid, H2O — vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo bo'lishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S. muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm S.siz hayot kechira olmaydi. S. qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.

S. tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, S.havzalari, daryolar, Yer osti S.lari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada S. bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida bo'ladi. Quruqlikning 10% ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin mikdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ S. bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) S. bor. Barcha tirik organizmlardagi S. Yer yuzidagi daryolar S.ining yarmiga teng . Yerdagi hamma S. bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi S. bilan o'zaro taʼsirda boʻladi (q. Suv aylanshii).

Tabiiy sharoitda S. tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori S.ning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. S.dagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shur S. deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean S.ining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk S.da N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. S.ning mineralligi oshgan sari S O , S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.

Tabiiy S.da erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. S.da organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.

Vodorodning 2 ta barkaror izotopi (‘H va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha S.da tarkibida vodorodning izotopi — tritiy (3H) boʻlgan 13 — 20 kg "oʻta ogʻir" S. bor (q. Ogʻir suv).

S. keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, S. hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga S. sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning oxirigacha S.ni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 y.larda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan portlatib sintez qilgan. 1783 y.da francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, S.ning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772 y. francuz fizigi Delyuk S.ning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. S.ning muhim fizikkimyoviy xossalari 1jadvalda berilgan.

S. — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishsh. S. elektrolit boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. S.ning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.

S. — nihoyatda barqaror birikma. S. molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da S.ning termik parchalanishi 1,8%ga, 3092°da 13%ga, 5000°da 100% ga yetadi. S. ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. S. radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi. S. birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash t-rasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q4°dan yuqori t-rada ham, undan pastda ham S.ning zichligi 1000 kg/m³ dan past boʻladi. Bu hodisa S.ning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza S.ning solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g S.ni G isitish uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi. Bu S.ning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza S.ni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday "oʻta sovigan" S. barkaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, darxrl muzlab krladi. Shuningdek, toza S.ni astasekin "oʻta isitish" (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniklangan. Oʻta isitilgan S. ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday S. juda koʻp mikdorda bugʻ hosil qilib qayiaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini namoyon qiladi.

Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruxlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.

S. — keng ishlatiladigan modda. S. kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va b. koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. S. bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Kaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish. jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.

Organizmdagi S. barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.

Fotosintez jarayonida S. karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. S. toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup mikdorda S. boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65% chamasida S. boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin S. sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. S.da organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.

Odamning S.ga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil etadi.

Sanitariya va xoʻjalikroʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup mikdorda S. talab kilinadi. S. markazlashgan sistemadan yetarli mikdorda berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni S. kanalizatsiyasi yordamida okizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati S. bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida). Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi xavfining oldini olishda S.dagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan mikdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim ahamiyatga ega.

Aholi isteʼmol qiladigan S. epidemiologik jihatdan xavfsiz boʻlishi kerak. S.da kasallik qoʻzgʻatadigan bakteriyalar va viruslar boʻlmasligi lozim.

Adabiyot[tahrir]

  • Egamberdiyev R., Inson va suv, T., 1971, Rahimov H. R., Anorganik ximiya, T., 1984. Axmetov N. S, Obshaya i neorganicheskaya ximiya, M, 1998; Yegorov A. S.,Aminova G. X., Ekspress kurs neorganicheskoy i organicheskoy ximii, Rostov na-Donu, 2002.

Sobirjon Aminov.

Suv uch: suyuq, qattiq (muz) va gaz (bugʻ) holatlarida.

Suv (Vodorod oksidi) — hidsiz, rangsiz, ta'msiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Kimyoviy formulasi: H2O. Yer sirtining 71%'ini egallaydi (~1.460 × 1015 kg); Yerdagi suv asosan okean, dengiz, ko'l, daryo (95,6%) kabi suv havzalarida, shuningdek muzlar, yer osti suvlari (1.6%) va atmosferadagi suv bugʻlari, bulutlarda (0.001%) yigʻilgan. Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud.

Suv - kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir.

Kimyoviy va fizik xususiyatlari[tahrir]

Suv molekulalarining o'rtasida hosil bo'ladigan vodorod aloqalarining modeli (Burchak 1 = 104,45°)

Suv muammosi[tahrir]

Maʼlumki sayyoramizning 70 % suv bilan qoplangan, bu suvning katta qismi butunlay muzlab qolgan yoki isteʼmol uchun yaroqsizdir. Yerdagi chuchuk suvning deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi. Yerdagi koʻllar va daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi, bu suvlarga u yoki bu jihatdan inson taʼsir koʻrsatadi. Ayrim bashoratlarga koʻra, 2025 yilga kelib 52 ta mamlakat aholisi chuchuk suv tanqisligi muammosiga duch keladilar. Sayyoramizning turli nuqtalarida daryolarni qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi koʻpgina tashkilotlar mavjud. Yerdagi eng azim daryolar va ularning ekologik xolatini koʻrib chiqamiz. Amazonka Amazonkaning maydonini AQsh xududi bilan solishtirish mumkin. Bu xudud turli xil ajoyib biologik turlarga boy. Bu erda sayyoramizdagi tropik oʻrmonlarning yarmidan koʻpi (deyarli 60 %) oʻsadi hamda Janubiy va Shimoliy Amerika iqlim sharoitlari tartibga solib turishda muhim ahamiyatga ega. Amazonkaning uzunligi 6400 kilometr. Oʻzining joylashishiga koʻra, Amazonka uzoq vaqt davomida inson taʼsiridan himoyalangan edi, lekin endilikda vaziyat oʻzgarmoqda. Braziliya xukumati taxminan 60 ta damba qurishni rejalashtirmoqda. Shu kabi loyihalar erli aholi va milliy bogʻlarga salbiy taʼsir etishi mumkin. Missisipi Amerikaning eng katta daryosi Missisipi AQshning Minnesota shtatidan boshlanadi va 4 ming kilometrga oqib borib Meksika koʻrfaziga quyiladi. Inson taʼsiri tufayli u xozirda yordamga muxtoj. Xar yili Missisipi deltasining 30 kilometri yoʻqolib bormoqda: koʻpgina damba, shlyuz, bir necha kilometrlarga choʻzilgan toʻgʻonlar tufayli daryoga avvalgi qayirning 10 % kelib tushadi xalos. Missisipini himoya qilish va suv muammosini echishda har yili yangi loyihalar ishlab chiquvchi koʻplab tashkilotlar mavjud. Dunay Dunay daryosi Gʻarbiy Germaniyadan boshlanib 2800 kilometr masofani Avstriya, Mojariston, Xorvatiya, Serbiya, Ruminiya, Ukraina xududlari orqali oqib oʻtib Qora daryoga quyiladi. Daryo 19 ta mamlakat xududini kesib oʻtadi va shuning uchun dunyodagi eng „koʻp millatli“ daryo hisoblanadi. Dunay 150 yildan ortiq vaqt mobaynida insonlar tomonidan ishlatilib kelayotgan rang-barang ekologik va biologik tizimga ega. Bugungi kunda Dunayning 80 % botqoq erlari dambalar qurish, koʻmib yuborish tufayli yoʻqolib ketgan. Butun jahon yovvoyi tabiat federatsiyasi va shunga oʻxshash tashkilotlar mazkur xududlarni qayta tiklash va qoʻllab-quvvatlash ustida toʻxtovsiz ish olib bormoqdalar. Mekong Mekong daryosi Janubiy-Sharqiy Osiyoning ekologik tizimining muhim qismi hisoblanadi.U Xitoydan boshlanib 4900 kilometr masofani Birma, Laos, Tayland, Kambodja va Vyetnam xududi orqali bosib oʻtadi. Mekong baliq xoʻjaligi riojlanishini taʼminlaydi, dunyodagi bioxilma-xillik darajasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi, 60 milliondan ortiq inson oziq-ovqat, suv va transport bilan taʼminlanadi. Mekong oʻzani boʻylab qurilgan xitoy dambalari ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bunday dambalarning qurilishiga qarshi va daryoning ekologik tizimini saqlab qolishga „Mekongni saqlab qolish“ kabi tashkilotlar harakat qilmoqdalar. Yanszi Uzunligi boʻyicha dunyoda uchinchi, Xitoyda eng uzun hisoblangan daryo Yanszi daryosidir. Uning uzunligi 64000 kilometrdir. Yanszi — gidroeletroenergiya manbaidir. Daryo xududida „Uch dara“ toʻgʻoni joylashgan. Toʻgʻonning qurilishi 1992 yilda boshlagan boʻlib, 1,2 million odam boshqa xududga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan, yuzlab fabrikalar, shaxtalar va chiqindixonalar suv ostida qoldi. Natijada daryo ifloslandi va Xitoyning baliqchiligiga tahdid soluvchi koʻpgina koʻchkilar sodir boʻldi. 2011 yilga kelibgina Xitoy xukumati mavjud muammoni rasman tasdiqladi. Nil Dunyodagi eng uzun daryo Nil daryosi boʻlib, uning uzunligi 6,5 ming kilometr. Nil shimoliy-sharqiy Afrika boʻylab oqib oʻtib Misr xududidagi Oʻrtaer dengiziga quyiladi. Daryo resurslaridan ekologik jihatdan oqilona foydalanish ustida „Nil havzasi“ tashkiloti ish olib boradi. Kongo Kongo daryosida soniyasiga 500 ming kub metr suv oqib oʻtadi, bu dunyodagi eng boy daryodir. Daryoning ifloslanishi tuproq eroziyasi, shahar chiqindilari, chiqindilar, koʻp xollarda daryo boʻylab insonlarning sayohatlari sababdir. Kongo Afrikaning harakatlanish tizimidir. Yaqin kelajakda Kongo Demokratik Respublikasida erdagi eng katta gidroelektrostansiya qurish rejalashtirilgan.

Suv odam hayotida[tahrir]

Tabiatga kishilarning zugʻumi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida ularning yashash tarzi, sogʻligi, ijtimoiy muhitga boʻlgan aks taʼsiri tobora halokatli tus olmoqda. Shu sababli insoniyat har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa nizo, kelishmovchiklarni unutib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashuvi hozirgi eng olamshumul zaruriyatdir. Jahonshumul muammolarning shunday bir guruhlari mavjudki, ularning u yoki bu darajada hal qilinishining oʻziyoq butun sayyoramizdagi ijtimoiy hayotning kelajak davrlaridagi aniq manzaralarini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ulardan biri „Inson — tabiat“ munosabatlari sirasiga kiradigan, xususan, xom ashyo resurslarini tejash, energiya tanqisligini bartaraf etish, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati va hattoki ijtimoiy muhiti qadimdan tabiat tomonidan inʼom etilgan suv zahiralaridan qay darajada samarali foydalanishga qoʻproq bogʻliq boʻlib kelganligi hech kimga sir emas. Suv oʻrnini boshqa hech bir neʼmat bosa olmaydi. Ammo insoniyatning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud boʻlgan zahiralar oʻrtasidagi mutanosiblik allaqachon dolzarb muammo darajasiga etganligini ham unutib boʻlmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan. Shundan 0,5 foizidan insoniyat oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda. Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining koʻpayish darajasi bilan bevosita bogʻliq jarayon. Lekin, shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan suvning miqdoriga doimo mutanosib boʻlavermaydi. Masalan, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholi miqdorining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, ichimlik suvidan foydalanish koeffitsienti doimo yuqorilab boryapti. Bundan 40—50 yillar muqaddam Toshkent shahrida suv isteʼmol qilish miqdori qariyb 5 barobar kam boʻlib, aholining ehtiyojini toʻla qondira olgan. XX asrning 60-yillari oʻrtalarida Toshkent shahrining aholisi 1 mln. atrofida edi. Lekin ishlatiladigan suv mikdori yuqorida taʼkidlanganidek, 5 barobar kam sarflanar edi. Hozir esa Toshkentning aholisi 3 mln. kishidan ziyod boʻlib, kuniga 2,5 mln. m. kub toza ichimlik suvi sarflanayotir. BMT bayonotiga koʻra, har bir kishining toza ichimlik suvga boʻlgan kundalik ehtiyojini 50 litr miqdorda belgilash maqsadga muvofiq ekan. BMT bergan maʼlumotlarga koʻra, er yuzida 2000 yilda umumiy aholisi 2,1 mlrd. kishini tashkil etadigan 61 ta davlatda suv isteʼmoli bu meʼyordan kam boʻlgan. 2050 yilga kelib, jahon aholisining 45 foizi (yaʼni, 4,2 mlrd kishi) oʻz aholisini kuniga 50 litr suv bilan taʼminlay olmaydigan mamlakatda yashashiga toʻgʻri kelar ekan. Toshkent shahrida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi aslida aholi sonining koʻpayishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan oʻlchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish darajasining susayishi natijasida roʻy bermoqda. Agar biz rivojlangan mamlakatlardagi yirik shaharlaridagi suv isteʼmolini hisobga oladigan boʻlsak, qarama-qarshi manzarani koʻrishimiz mumkin. Masalan, Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtgan asrning 50-yillarida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoj har bir kishiga bir kunga qariyb 400 litrga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkichni 2000 yilda 160 litrga tushira olganlar. Suvdan oqilona foydalanish hayot zaruratidir. Toshkent shahri aholisining jon boshiga suv sarfi yildan yilga oshmoqda. Agar XX asrning oʻrtalarida Toshkent shahri aholisining jon boshiga kuniga oʻrtacha 550—600 litr toza ichimlik suv sarflangan boʻlsa, shu bugungi kunda bu koʻrsatkich 1136 litrga koʻtariladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasi toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojni belgilab beruvchi omilga aylanadi, yani mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, suvdan oqilona foydalanish usullari darajasi ham yuksaladi. Suvdan foydalanishning ilgʻor texnologiyalari ishlab chiqiladi va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari ham ochila boradi. Toza ichimlik suvidan foydalanish madaniyatining susayishi sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotiga ham toʻsiq boʻlib qolmoqda, shu bilan birga, dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan davrdan boshlab, ekin ekilgan hosildor erlarning ham yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, bu achinarli holat Orol boʻyi mintaqasida oʻzining salbiy natijasini koʻrsatmoqda. Chuchuk suvning etishmasligi oqibatida bir necha oʻn ming gektarlab er maydonlari shoʻrlangan, ekin maydonlarining ancha qismi zaharli kimyoviy moddalarga toʻyinishi oqibatida hosildorlik bir necha barobarga kamayib ketgan. Toza ichimlik suvidan, ayniqsa Toshkentdek shahri azimda oqilona foydalanishning usullaridan biri — tomorqa erlarini, istirohat bogʻlarini, koʻcha boʻyidagi dov — daraxtlar va koʻkatlarni sugʻorish shaxobchalarini kengaytirish va bunga sarf qilinadigan toza ichimlik suvni tejashdan manfaatdorlikni oshirishdir.

Oʻzbekistonda suv qadri[tahrir]

Suv jahondagi eng tanqis va hisobli manbaga aylandi. Hozir er yuzidagi har bir kimsa qay yoʻl bilan boʻlsada bu boylikdan tejamkorlik bilan foydalanish ustida bosh qotirmoqda, bu hol ayniqsa qishloq xoʻjaligida koʻzga tashlanmoqda. Bunda sugʻorish polietilen plenka tushalgan egatlar boʻylab amalga oshiriladi. Paxtani anʼanaviy sugʻorishda joʻyaklar boʻylab ochilgan suvning 25-30 foizi yuzalab va chuqur singish hamda bugʻlanish natijasida yoʻqotiladi. Bundan tashqari sizot suvining erga yaqin boʻlganida bugʻlanish miqdori ortadi va tuproqning ildiz rivojlanadigan qismida zaharli tuzlarning yigʻilishi roʻy beradi. Bu hol paxtaning normal rivojlanishi va oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi. Institut tomonidan taklif etilayotgan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini sugʻorishning yangi uslubi suvni tejash va yuqori hosil olishda qoʻl keladi. Paxtaning oʻgʻitlangan egatlarini polietilen plenkalar bilan sugʻorish texnologiyasining foydasi boʻyicha tajriba institutning Jizzax filialida oʻtkazildi. Ilmiy tekshirish instituti xodimlarining taʼkidlashicha, tejamkorlik bilan sugʻorilganda paxta hosilining ortishi yaqqol koʻzga tashlangan. Besh yillik tajriba natijasida hosildorlik gektariga 10 sentnerdan qoʻshilib gektariga 47 sentnerni tashkil etgan, 27 foizga oshgan. Bunda tagʻin suv 35 va undan koʻp miqdorda tejalgan. Oʻtgan yilda resursni tejashning yangi texnologiyasini keng sinovdan oʻtkazish Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon va Toshkent kabi viloyatlarida amalga oshirildi. Polietilen plenkalar bilan ekranlashtirilgan egatlarda sugʻorish texnologiyasini tekshirish natijalari asosida Sirdaryo viloyatidagi sinov maydonida hosildorlik 50,2 foizga oshib, sugʻoradigan suv miqdori 52,7 foizga qisqardi, bu koʻrsatkich Qashqadaryo viloyatida 20,9X48,5 foiz, Andijon viloyatida 21,9X40 foiz, Toshkent viloyatida 19,5X10,8 foizni tashkil qildi. Mutaxassislarning fikriga koʻra shu beshta obʼekt boʻylab koʻrsatkichlar umumlashtirilganda hosildorlik 27,5 foizga oshgan holda suv 35,6 foizga tejalgan. Shu bilan birga bu texnologiyani qoʻllash bir qator qulayliklarni tugʻdiradi. Bu usul yana koʻchat boʻylab bir tekisda namlanishga asos yaratadi, qator oralab ishlov berish tadbirlari kamayadi, shunga yarasha yoqilgʻi ashyolari tejaladi, namlikning bugʻlanish va bugʻlanishning emissiyasi miqdori qisqaradi, oʻsimlikning ozuqlanish tartibi yaxshilanadi, hosilning pishishi tezlashadi, sifati koʻtariladi. Kelgusida sugʻorishning bu texnologiyasini mamlakat qishloq xoʻjaligida keng tadbiq etish rejalashtirilmoqda.

Obi hayot tanqisligi[tahrir]

Hisob-kitoblar shuni kỹrsatmoqdaki, 2020—2025 yillarga keliboq, barcha chuchuk suv resurslari inson faoliyati uchun egallab boʻlinadi, yaʼni suv ham investitsiya manbaiga aylanishi va sotilishi ehtimoli bor. Dunyo miqyosida soʻnggi 100 yilda suv sarflanishi olti marotaba oshgan. Bu ketishda 2050 yilga kelib insoniyatga hozirgiga nisbatan ikki barobar koʻproq suv zarur bỹladi. Suv esa kamaygandan kamayib boraveradi. Hozirning oʻzida dunyo miqyosida 1.1 milliard inson doimiy ravishda suv tanqisligi bilan kurashmoqda. 2 milliard odam bu muammoga vaqti-vaqti bilan duch kelib turibdi. Bu sayyoramiz aholisining yarmi chuchuk suvga zoriqqanligidan dalolat beradi. Har kuni 6000 nafarga yaqin odam (asosan bolalar) bu muammoning u yoki bu oqibatlari tufayli nobud boʻlmoqda. 2030 yilga kelib 500 ml ga yaqin odam suv izlab qitʼadan qitʼaga koʻchib yuradi. Bu muammo butun insoniyatni oʻylantirib, 22 mart kuni Butun jahon suv kuni deb eʼlon qilingani bejizga emas. Umuman olganda, dunyo miqyosida ichimlik suvi taʼminoti kelajakda qanday boʻlishi boʻyicha mutaxassislar quyidagi ikki taxminni bildirmoqdalar (eng qizigʻi, har ikkala taxminda Xitoy bilan Hindiston omili bor. Aynan shu ikki davlat aholisi eng koʻp boʻlishi bilan birga, rivojlanish surʼati boʻyicha ham etakchilik qilishmoqda). Yirik shaharlardagi qashshoqlik va suv tanqisligi, Afrikadagi qurgʻoqchilik. Hozirdanoq dunyodagi aholisi 10 mln. kishidan ortiq 22 megapolisli ichimlik suvi tanqisligi va oqava tizimlar etishmasligidan aziyat chekmoqda. Eng murakkab vaziyat Xitoyda yuz berayapti. Mamlakatdagi 600 shahardan 550 tasi yuqoridagi muammoga ozmi-koʻpmi duch kelgan. Hindistonda ham bu boradagi ahvol havas qilgudek emas. Kelajakda suvga boʻlgan talabning oshib borishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yaʼni oziq-ovqat muammosini keltirib chiqaradi. Bu muammo insonlarning yanada kuchli tabaqalanishiga olib keladi. Shundoq ham qashshoqlik hukm surayotgani kamlik qilayotgandek, yildan-yilga qurgʻoqchilik avj olayotgan Afrika qitʼsidan millionlab muhojirlar Evropa va Osiyoga qarab yoʻl olishadi. Bu esa oʻz navbatida ijtimoiy muammolarni, irqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Xitoy suvni qayta ishlash borasida etakchilikni qoʻlga oladi. Dunyo suv isteʼmoli boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqadi Ichimlik suvining tanqisligi butun dunyo olimlarining diqqat markazida boʻladi. Shỹr suvni chuchuklashtirishga milliardlab investitsiya ajratiladi. Neft hozirda qanchalik koʻp sohalarni qamrab olgan boʻlsa, kelajakda suv taʼminoti ham katta industriyaga aylanadi. Suvni chuchuklashtirish tannarxi kamaya boradi. Suvni chuchuklashtirish uchun sarf qilingan 1 dollar 5 dollardan 30 dollargacha foyda keltira boshlaydi. Bu borada ham Xitoyliklar oldinga oʻtib ketishadi. Suvni tejab ishlatish bỹyicha yangi gʻoyalar egalariga olamshumul shuhrat va mablagʻ keltiradi. Suv taʼminotini nazorat qilish davlatlarning asosiy ishlaridan biriga aylanadi. Bu hozircha ayrim olimlarning taxminlari boʻlib tuyulgani bilan kelajakda ana shunday muammoga duch kelishimiz mumkin. Shu bois suvning, yaʼni erdagi obi hayotning bir qatrasini ham uvol qilmaslik, uni behuda narsalarga sarflamaslik barchamizning zimmamizdagi ulkan masʼuliyatdir.

Falsafada[tahrir]

Adabiyotda[tahrir]

Manbalar[tahrir]

http://www.tabiat.uz/newsv.php?id=542