Sewol paromi halokati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Janubiy Koreyaning Sewol paromi halokati — 2014-yilning 16-aprel kuni Janubiy Koreyaning „Sewol“ paromi Koreya yarim orolining janubi-gʻarbiy qismida halokatga uchradi. Parom 476 kishini (koʻpchiligini maktab oʻquvchilari tashkil etdi) Inchxondan Chedjudoga olib borayotgan edi[1][2].

SOS signali Byunpongdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan hududda mahalliy soatda 09:00da ekipaj tomonidan yuborildi. Shu zahotiyoq Koreya qirgʻoq nazorati, Harbiy dengiz kuchlari va vertolyotlar hodisa joyiga yetib borishdi. Baʼzi taxminlarga koʻra bortda umumiy 476 kishi, ulardan 325 kishi oʻrta maktab oʻquvchilari va ularning oʻqituvchilari bor boʻlgan. Paromda shuningdek 150 ta avtomobillar ham boʻlgan[3][4].

Qidiruv va qutqaruv ishlari[tahrir]

Dengizga choʻkayotgan paromda oʻlik holda 27 yoshli ayol, ekipaj aʼzosi topildi. Bitta oʻquvchi tez tibbiy yordam joyiga yetkazilgandan soʻng vafot etdi. Rasmiylar shuningdek 13 ta yaradorlar borligini, 293 kishi esa dom-daraksiz yoʻqolganini xabar qilishdi[5].

17-aprelga koʻra 9 kishi oʻlik holda topilgan, 184 kishi qutqarilgan, 187 kishi dom-daraksiz yoʻqolgan.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]