Ruanda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruanda Respublikasi
Repubulika y'u Rwanda
République Rwandaise
Ruanda davlat bayrogʻi   Ruanda davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Unity, Work, Patriotism
Madhiya: Rwanda nziza
Ruanda Xaritasi
Poytaxt Kigali
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Paul Kagame
 •  Bosh Vazir   Bernard Makuza
Mustaqillik   BMT vasiylikdagi Belgiya ma'muriyatidan
 •  Sana   1 iyul 1962
Maydon  
 • Butun 26,338 km² (148-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 8,440,820 (87- oʻrin)
 • Zichlik 320/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$11,260 mil. (135-)
 • Jon boshiga AQSh$1,334
Pul birligi Rwanda Franc (RWF)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma RW
Internet domen .rw
Telefon prefiksi +250

Rvanda (Rvanda Respublikasi) poytaxti — Kigali shahri. BMT aʼzosi

Ruanda (Rwanda), Ruanda Respublikasi (Republique Rwandaise) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 26,3 ming km². Aholisi 7,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kigali sh. Maʼmuriy jihatdan 12 prefektura (prefecture)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

R. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1995 y. 5 mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Pol Kagame). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oʻtish davri milliy majlisi, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

R. yer yuzasi vodiylar bilan parchalangan yassitogʻlik (1500–2000 m), asosan, tokembriy kristalli va metamorfik jinslardan iborat. Yassitogʻlikning 2500–3000 m gacha koʻtarilgan gʻarbiy chekkasi Kivu koʻliga tik tushgan. Shim.gʻarbda Virunga vulkanli togʻi (eng baland nuqtasi Karisimbi togʻi, 4507 m) joylashgan. Iqlimi subekvatorial, mavsumiy nam iklim. Yillik oʻrtacha t-ra 20—21°, yogʻin 1000–1500 mm (Virunga togʻlarida 2000 mm gacha). Daryo tarmogʻi zich, yirik daryosi — Kagera Nil havzasiga mansub. Togʻ kizil tuproklarda savanna tipidagi oʻsimlik koʻp, togʻ yon bagʻirlari doim yashil oʻrmonlar bilan krplangan. Yirik hayvonlarning koʻpchiligi Kagera (kiyikning har xil turlari, buyvol, karkidon, zebra, sher, fil, begemot, timsoh) va Virunga (togʻ gorillasi) milliy bogʻlari hamda qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan.

Ahelisining aksariyatini bantu tillarida soʻzlashuvchi ruanda, rundi xalqlari va tva pigmeylari tashkil etadi. Bundan tashqari, asosan, shaharlarda suaxili, luba va sudan arablari, vallonlar va b. yashaydi. Rasmiy tillar — kinyaruanda, fransuz va ingliz tillari. Aholining 3/5 qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. 2/5 qismi — xristian (asosan, katoliklar), ozroq sunniy musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 5,8%. Yirik shaharlari: Kigali, Butare, Nyanza, Giseni.

Tarixi[tahrir]

R.ning qad. va oʻrta asrlar tarixi kam oʻrganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mil. 2ming yillikning 1-yarmida bu joyga xutular, taxm. 16-a.da tutsi koʻchmanchi chorvadorlari koʻchib kelgan. 16-a.da tashkil topgan ilk davlat tuzilmasiga oliy hukmdor (mvami) boshchilik qilgan, tutsilar ustunlik mavqeida boʻlgan. Shim.dagi xutularning alohida manzilgoxlari mvami hokimiyatini tan olishdan bosh tortgan. 19-a. 2-yarmida R. xududida markazlashgan davlat paydo boʻldi. U Kigeri Rvabugiri qirolligi davri (1853— 95)da birmuncha yuksalib, chegarasi kengaydi. Uning vorisi Yuxa Musinga davri (1895— 1931)da mamlakatni mustamlakachilar bosib oldi.

1890-y.larda R.ga nemislar kirib kela boshladi. Kirol Musinga nemis rezidentligini tan oldi. R. Germaniya Sharqiy Afrikasiga qoʻshib yuborildi. 1-jahon urushi yillarida R.ni Belgiya qoʻshinlari ishgʻol qildi (1916). Urushdan soʻng R. qoʻshnisi Burundi bilan Belgiyaning RuandaUrundi mandatli hududiga aylantirildi. 1925 y.da esa u maʼmuriy jihatdan Belgiya Kongosi bilan birlashtirilib, alohida vitsegeneral gubernatorlikka ajratildi. 1946 y. dek.da BMT RuandaUrundini Belgiya vasiyligidagi hududdeb eʼlon qiddi. 50-y.larningoxiridan ozodlik harakati avj oldi. Xutu ozodlik harakati (Parmexutu), Ruanda milliy ittifoqi va b. partiyalar tashkil topdi. 1960 y. oxirida R. muvaqqat hukumati, 1961 y. 28 yanvarda monarxiya tugatilib, R. respublikasi tuzildi. 1961 y. parlament saylovida Parmexutu partiyasi gʻalaba qozondi. 1962 y. 1 iyulda R. mustaqil davlat deb eʼlon qilindi.

1990 y. okt.da asosan tutsi elatidan tashkil topgan R. vatanparvarlik fronti Uganda hududidan harakat boshlab, xutu elatiga mansub J. Xabiarimana rejimini agʻdarib tashlashga urindi. Bu harakat xutu va tutsilar oʻrtasidagi etnik mojaro tusini oldi. 1993 y. prezident J. Xabiarimana aviatsiya falokatida halok boʻldi. 1994 y. 17 iyulda R. vatanparvarlik fronti oʻtish davri uchun milliy birlik hukumati tarkibini eʼlon qildi. Mamlakat aholisining koʻpchiligini tashkil etuvchi xutu elatiga mansub Paster Bizimungu 5 y. muddatga R. prezidenta etib tayinlandi. 2000 y. 17 apr.da xukumat bilan parlamentning qoʻshma majlisida tutsi elatining vakili Pol Kagame prezident lavozimiga saylandi. R. — 1962 y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 iyul — Mustaqillik kuni (1962).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

Demokratiya va taraqqiyot uchun respublikachilar milliy harakati, 1975 y. tashkil etilgan; Respublikachilar demokratik harakati, 1957 y. tuzilgan; R. vatanparvarlik harakati 1987 y. asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1990 y. tashkil topgan. R. mehnatkashlari millim kasaba uyushma birlashmasi, 1985 y. asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir]

R. — agrar mamlakat. Iqtisodiyotning asosini q.x. tashkil etadi, bu tarmoq eksport kilinadigan ekinlar mahsuloti yetishtirishga va q.x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatning konchilik, qayta ishlash va gidroenergetika tarmoklari vujudga kela boshladi. 1997 y. yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 36%, sanoatning ulushi 24%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 40%ni tashkil kildi.

Qishloq xoʻjaligi mahsuloti mamlakat eksportining 80%ni tashkil qiladi. Ayni vaqtda q.x. oldiga mamlakatni oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlash vazifasi qoʻyilgan. Mayda xususiy yer egaligi ustun. Mamlakat hududining 42% (1,25 mln.gektar) yerida dehqonchilik qilinadi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: oq joʻxori, batat, maniok, loviya, makkajoʻxori, kartoshka, banan, sholi. Eksport uchun kofe (baland togʻli joylarda "arabika", pastroq va issiq joylarda "robusta"), choy, piretrum, shuningdek, paxta yetishtiriladi, xin daraxti ekiladi. Yaylov chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, xonaki parranda boqiladi. 13 ming ga tabiiy oʻrmon, 90 ming ga daraxtzor bor. Baliqchilik suyet rivojlangan.

Sanoatida konchilik muhim oʻrin olgan. Mamlakat markaziy va gʻarbiy qismlarida qalay, shim.da volfram, Ruxengeri atrofida tantalit, berilliy, oltin kazib olinadi. Kofe, choy, tamakini kayta ishlaydigan, spirtsiz ichimliklar, qandshakar, charm, gugurt, poyabzal, plastmassa buyumlar, kir yuvish va kosmetika vositalari, boʻyoqlar ishlab chiqaradigan, tikuvchilik, korxonalari bor. Sement va gʻisht zdlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 166 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

T.y.lar yoʻq. Yuk tashishda avtomobil transporti asosiy rol oʻynaydi. Avtomobil yoʻllari uz. 8,1 ming km. Kigali yaqinida Kamembe xalqaro aeroporti bor. Chetga kofe, choy, mineral xom ashyo, xinin, piretrum, xom teri chikaradi, chetdan isteʼmol mollari, transport vositalari va mashinauskunalar, issiklik va elektr energiyasi, binokorlik ashyolari oladi. Tashqi savdodagi hamkorlari: Belgiya, Germaniya, Fransiya, AQSH va b. Pul birligi — ruanda franki.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari. Davlat kasalxonalari bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Butare universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Xalqtabobati masalalari (asosan, mamlakatdagi shifobaxsh oʻsimliklarni oʻrganish) bilan shugʻullanuvchi tadqiqot markazi tuzilgan. Davlatga qarashli dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 1950-y.larda ochildi. Zamonaviy maorif tizimi 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy va bepul taʼlimni joriy etish toʻgʻrisidagi 1985 y. krnuniga asoslanadi. 8 y.lik oʻrta maktabda kinyaruanda tilida oʻqitiladi, fransuz tili ham oʻrgatiladi. Oliy maktabda taʼlim fransuz tilida olib boriladi. Kasbhunar va texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 6 y. davomida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtlari: Ruanda universiteti (1963 y.da asos solingan), Milliy ped. instituta (1966), Tibbiyot instituti (1969), Texnika kolleji (1959), Iqtisodiyotstatistika instituti (1975). universitet kutubxonasi, R. Geologiya mahkamasining kutubxonasi, Butareda Milliy muzey mavjud. Bir qancha ilmiy tadqiqot intlari va markazlari, R. Madaniyat akademiyasi ishlaydi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. "Kinyamateka", ("Gazeta", kinyaruanda va fransuz tillarida 2 haftada bir marta chikadigan gaz., 1933 y.dan), "Revyu dialog" ("Muloqot jurnali", fransuz tilida chikadigan oylik jur., 1967 y.dan), "Relev" ("Oʻrinbosar", hukumat axborot mahkamasi tomonidan fransuz tilida chiqariladigan oylik jur., 1976 y.dan). R. axborot agentligi hukumat mahkamasi boʻlib, 1977 y. tashkil etilgan. R. radiosi (1961 y. tashkil etilgan) va R. televideniyesi hukumat nazoratida ishlaydi.

Adabiyoti ogʻzaki xalq ijodiyoti, ayniqsa, sheʼriyatdan boshlangan. Turli davrlarga mansub tanikli shoirlari: Maguta (17-a.), Bagozori, Musare, Semidorogo (18-a.), Bamenya, Bikvakvanya, Sekarama, Munyanganzo (19-a.). R. ning yozma adabiyoti 20-a.da vujudga keldi. Uning asoschisi — faylasuf sotsiolog A. Kagame xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini toʻplagan, fransuz, kinyaruanda tillarida ilmiy asarlar nashr etgan va ona tilida dostonlar yozgan. Fransuz tilida ijod qiluvchi adib J. S. Naygizikining "Ruanda eskapadasi", "Oʻttiz yoshimdagi kulfatlarim" romanlari mashhur. 20-a.ning oxirlarida adabiyot maydoniga kirib kelgan adib Viktoriya Kantengva, Agnes Niyonkinda fransuz tilida, shoir B. Nkiylinngon kinyaruanda tilida ijod qila boshladi. Dramaturgiyasi ilk rivojlanish bosqichida turibdi (J. S. Naygizikining "Optimist" pyesasi va b.).

Meʼmorligi va amaliy sanʼati. R. xalqlarining asosiy turar joylari aylana tarxli, yogʻoch sinchli, qamish tomli guvalak kulbalardan iborat. Ayrim joylarda gʻishtdan ikki nishabli, cherepitsa tomli, peshayvonli va derazali uylar ham qurilgan. Faqat Kigali va Butare sh.larida yevropacha uylar paydo boʻla boshladi. Badiiy hunarmandchilikda savat, boʻyra, gilam toʻqish va roʻzgʻor anjomlari yasash, ularga oq, qora, qizil gullar solish, yogʻochsozlik, kulolchilik rivojlangan.

Musiqasi[tahrir]

Musiqa madaniyati xutu va tutsilar hamda tva pigmeylari musiqasini oʻz ichiga oladi, cholgʻudan koʻra tovush ustunlik qilishi uning oʻziga xos xususiyatidir. Qoʻshiq turlari xilma-xil — yakkaxonlik bilan yoki koʻpchilik boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar, erkaklar va ayollar qushiqlari. Cholgʻular orasida torli, shu jumladan, 7—8 torli inanga deb atalgan sitra, umuduli yoki umunaxi, 1 torli iningiti skripkasi, qamish, bambuk yoki yogʻochdan yasalgan 2 — 4 teshikli umvirongi, kiyik shoxidan yasaladigan ixembe fleytasi, 1 membranali ingaraba, 2 membranali ingana barabanlari, shuningdek, turli qoʻngʻiroq, shaqildoqlar bor. R. musiqa madaniyati kup jihatdan uz anʼanalarini saklab krlgan va unda, umuman, Yevropa musiqasining taʼsiri juda kam.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil