Michigan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michigan — AQShning shim. qismidagi shtat. Buyuk koʻllar sohilida, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 151,5 ming km². Aholisi 10,05 mln. kishi (2002), shundan 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Lansing sh.; eng katta shahri, iqtisodiy markazi va porti — Detroyt.

M. hududi Yuqori koʻl, Guron va Michigan koʻllari oraligʻidagi ikkita yarim orolda joylashgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, eng baland joyi 604 m. Ikdimi moʻʼtadil iqlim, shim.da qish sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —7°, iyulniki 21°. Yillik yogʻin 800 mm.

M. — AQShning sanoati rivojlangan shtati. Ishlab beruvchi sanoat korxonalarida iqtisodiy faol aholining 35% ishlaydi. Metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Detroyt va uning atrofida hamda Flint, Lansing va b. shaharlarda "Je-neral motore", "Ford" va "Kraysler" kabi yirik avtomobil z-dlari joylashgan. Maxsus poʻlat va tunuka i.ch., qora va rangli metallardan buyumlarquyish, stanok, pribor, elektr uskunalari, lok-boʻyoq, rezina i.ch. av- . tomobilsozlik sanoati bilan bogʻliq. : Harbiy, kimyo, silikat-keramika, i oziq-ovqat, yogʻochsozlik, mebel, qogʻoz sanoatlari ham rivojlangan. Temir va mis rudalari, osh tuzi qazib chiqariladi.

Q.x. sut va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Meva, uzum yetishtiriladi, qand lavlagi ekiladi. K-"- tovar mahsulotining 55% ni chorvachilik beradi. Turizm rivojlangan.[1]

Flag of the United States.svg Michigan
Michigan
Flag of the United States.svg
Michigan bayrog`i Michigan tamg`asi
Michigan bayrog`i Michigan tamg`asi

Shtat laqabi:
(Great Lakes State)

Map of USA highlighting Michigan.png
Poytaxt Lansing
Eng yirik shaharlar Detroit
Grand Rapids
Warren
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 11-oʻrinda

250,494 km²
41.27 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 8-oʻrinda

10,120,860
67.55 kishi/km²
15
17

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 9-oʻrinda

$372,169 mil.
$36,833

Ittifoqqa kirish

   - Sana

26-boʻlib

26 yanvar 1837

Vaqt UTC-5 (EST) / -6 (MST)
Qisqartma MI [26]
Shtat guli Apple blossom

(Pyrus coronaria)

Shtat daraxti Eastern White Pine

(Pinus strobus)

Michigan - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Lansing shahri. AQSh ittifog`iga 26 yanvar 1837 yilda kirgan, undan oldin - Northwest Territory (Michigan Territory).

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil