Mojariston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mojariston Respublikasi
Mojariston davlat bayrogʻi   Mojariston davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Yoʻq, formerly Regnum Mariae Patrona Hungariae
(Lotincha: Kingdom of Mary, the Patron of Hungary)
Madhiya: Himnusz
(Hymn)
Mojariston Xaritasi
Poytaxt Budapesht
Rasmiy til(lar)
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Pál Schmitt
 •  Bosh Vazir   Viktor Orbán
Mustaqillik  
Maydon  
 • Butun 93,030 km² (109-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 10,084,000 (79- oʻrin)
 • Zichlik 108/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$161,000 mil. (49-)
 • Jon boshiga AQSh$15,966
Pul birligi Forint (HUF)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma HU
Internet domen .hu
Telefon prefiksi +36

Mojariston (Magyarorszag), Mojariston Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Yevropa Ittifoqi va BMTning aʼzosidir.

Aholisi 9,944 mln. kishi (2012). Poytaxti Budapesht shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (mede) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Mamlakatning rasmiy tili Mojar tili.

Davlat tuzumi[tahrir]

Mojariston - demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949 y. 20 avg .da qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati — 5 y. Qonun chiqaruvchi organi — parlament — Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi.

Tabiati[tahrir]

Mamlakat hududi asosan te-kislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150—200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va b.) dan iborat. Mamlakatning shim.-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining jan. qismi (Kishalfyold), shim.sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500—800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanv. da oʻrtacha t-ra — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan jan.-gʻarbda 900 mm gacha. Shar-qida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi V. ni va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. V. da koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi. V. hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300— 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan, qushlardan toʻrgʻay. qorayaloq, qizilishton, boyqush. qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. V. da Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad va b. milliy bogʻlar bor.

Aholining 97% Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62% aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64%) va protestantlar (23%). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.

Tarixi. V. hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-a. oxiri va mil. 2-a. boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, xalqlarning buyuk koʻchishi davrida V. hududida olmon va turkiy elatlar kelib joylashgan. 6-a. da slavyanlar kelgan. Hoz. vengmojarerlarning ajdodlari mil. davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador mojar qabilalari 9-a. oxirlarida gʻarbga siljib, hozirgi V. hududiga kelib joylashgan. V. davlatining shakllanishida 997 y. xristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan I ning taxtga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000 y.da oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. 10-a. ning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga xususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) V. ni vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242 y. da bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi.

15-a. boshidan V. ga turklar taxdid soldi. Dastlab 1416, 1418 i. larda turklar V. jan.ga bostirib kirdi. Mamlakatdagi feodal tarqoqlik turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga xalaqit berdi. Ichki nizolar kuchaydi, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish zoʻraydi. Oʻzaro urushlar, dehqonlar gʻalayoni mamlakatni tobora zaiflashtirdi. Moxach yaqinida mojarlar sulton Sulaymon armiyasilan yengilib (1526), V. ning markaziy va jan. qismi Turkiyaga (150 y. davomida) qaram boʻlib qoldi, gʻarbiy va shim. qismi Avstriyaga oʻtdi. Mojar dvoryanlari Avstriya monarxi Ferdinand Gabsburgni oʻz qiroli deb tan oldi. V. ning sharqida Transilvaniya knyazligi tashkil topdi, keyinchalik u ham Avstriyaga qaram boʻlib qoldi (1858).

18-a. dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 y. davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711 y.gi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun V. hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va "maʼrifatli absolyutizm" siyosatiga qaramay, 18-a. oxiridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida V. da Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848 y. 15 martda V. Da pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849 y. 5 yanvar da Avstriya qoʻshinlari V. poytaxtiga kirdi. V. ning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867 y. Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-V. monarxiyasini tuzdi.

1 -jahon urushi natijasida bu monarxiya parchalandi. 1918 y. okt.dagi inqilob natijasida V. mustaqil davlatga aylandi (16 noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919 y. 21 martda V. Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919 y. 1 avg .da agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—44) oʻrnatiddi. V. Italiya va Olmoniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti Olmoniya fashizmiga xizmat qildirildi. 2-jahon urushida Olmoniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944 y. martda gitlerchilar V. ni bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944 y. sent.da V. olmon qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944 y. 22 dek.da tuzilgan V. muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 y. 4 apr.da V. olmon koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946 y. 1 fevralda V. respublika deb eʼlon qilindi. 1949 y. dan Mojariston Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat ixtiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956 y. okt.dagi xalq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va xoʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Mojariston sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989 y. da 1949 y. gi konstitutsiya oʻzgartirilib, V. demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989 y. 18 okt.da mamlakat V. Respublikasi deb ataldi. V. 1955 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 3 martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 y. burjua inqilobining boshlanishi; 20 avg . — V. davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23 okt.—1956 y. inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989 y. V. Respublikasi eʼlon qilingan kun.


Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir]

V. ishchi partiyasi (1918 y.da asos solingan V. Komunistik partiyasining vorisi, 1948 y.dan V. mehnatkashlar partiyasi deb atalgan. 1989 y. 7 okt.dagi 14-sʼezdda partiya faoliyatini toʻxtatish va uning negizida sotsialistik ishchi partiyasini tuzishga qaror qilindi. Bu partiya 1993 y. martidan V. ishchi partiyasi deb ataladigan boʻldi), V. sotsialistik partiyasi (1989 y.da tashkil etilgan), V. demokratik forumi (siyosiy tashkilot sifatida 1987 y.da tuzilgan), Erkin demokratlar ittifoqi (1988 y. da asos solingan va siyosiy partiya tarikasida 1989 y.da shakllangan). Kasaba uyushmalari: Mustaqil kasaba uyushmalari demokratik ligasi (1988 y.da mustaqil kasaba uyushmalarini birlashtirish maqsadida tuzilgan), V. kasaba uyushmalari federatsiyasi (Umumvengriya kasaba uyushmalari negizida barpo etilgan; Taʼsis sʼezdi 1990 y.da boʻlgan).

Xoʻjaligi[tahrir]

V. — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan qurollangan, q.x. yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 12%.

Sanoati ning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik, qora va rangli metalurgiya, elektronika, oziq-ovqat, mebel va yengil sanoat. Yoqilgʻi-energetika balansida koʻmir asosiy oʻrin egallaydi (Tatabanya, Oroslan, Borshod, Mechek va b. konlar). Neft va tabiiy gaz qazib olish rivojlangan. Elektr energiya asosan issiqpik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 32,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Qora metallurgiya asosan chetdan keltiriladigan ruda va koks asosida ishlaydi. Bu tarmoqning asosiy markazlari: Mishkols, Ozd va Dunayvarosh. Boksit-alyuminiy sanoati hal qiluvchi ahamiyatga ega (Almashfyuzit, Ayka, Tatabanya, Inot, Nirad-Deaki va b.). Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari — elektr texnika, priborsozlik, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, tibbiyot asbob-uskunalari i.ch., shuningdek transport vositalari, ayniqsa kemasozlik, t.y. vagonlari, avtobus i. ch. ("Ikarus" z-dlari) rivojlangan. Metall qirqish stanoklari, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, q.x. mashinalari, yoritish priborlari ham ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Budapesht, Dyor, Mishkols, Sekeshfexervar va Debresen. Farmatsevtika korxonalari Budapesht va Debresenda joylashgan. Kimyo sanoati (maʼdanli oʻgʻitlar, organik sintez mahsulotlari i.ch.) muhim ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal i.ch. (Budapesht, Dyor, Seged, Pech va b. shaharlarda), oziq-ovqat sanoati (vinochilik, meva-sabzavot konserva, un tortish, qand-shakar, goʻsht sanoati va b.) rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligida asosiy oʻrinni dehqonchilik oladi. Haydaladigan yerning 2/3 qismiga gʻalla ekiladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungaboqar, tamaki, shuningdek kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik mahsulotining anchagina qismi chet ellarga chiqarib sotiladi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari— choʻchqachilik va parrandachilik. Qoramolchilik, qoʻychilik va sut mahsulotlari yetishtirish ham rivojlangan. Balaton koʻlida va Dunay daryosida baliq ovlanadi.

Transporti[tahrir]

T. y. va avtomobil transporti V. transportining asosini tashkil kiladi. T. y.larning uz. — 7752 km (2277 km elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh.

V. chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar, elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, q. x. va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi rivojlangan. V. iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish surʼatlari ancha yuqori. V. ningtashqi savdodagi mijozlari — Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — forint.

Tibbiy xizmatga Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. V. da 90 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar bor; 30 mingga yaqin shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Budapesht, Seged, Pech, Debresendagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi.

Xalq maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. V. da 8 y. lik majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Davlatga, cherkovga karashli, xususiy oʻrta oʻquv yurtlari bor. V. da 887 oʻrta maxsus oʻquv yurti va 91 oliy oʻquv yurti hamda kollejlar ishlaydi. Budapesht universiteti V. dagi eng yirik oliy oʻquv yurtidir. Pech sh.dagi universitet (1367 y. tashkil etilgan) ham mamlakatdagi eng qad. oʻquv yurtlaridan. V. da Mojariston Fanlar akademiyasi, geol., zootexnika, farmakokimyo va boshqa i. t. institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Davlat kutubxonasi, Budapesht universiteti, parlament kutubxonalari. V. da Milliy muzey (1802 y. tashkil etilgan), Milliy galereya, Tasviriy sanʼ-at, tabiiyot-tarix, ilmiy-texnologiya (hammasi Budapesht sh.da), Shopron sh.da Ferens List, Sekeshfexervarda qirol Ishtvan muzeylari mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. V. da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz va olmon tillaridagi kundalik gaz., 1979 y. dan), "Kurir" (mustaqil kundalik gaz., 1990 y.dan), "Madyar nemzet" ("Mojar millati", kundalik siyosiy gaz., 1938 y. dan), "Madyar xirlap" ("Mojar gazetasi", kundalik siyosiy gaz., 1968 i. dan), "Nepsabadshag" ("Xalq erki", kundalik gaz., 1942 y. dan), "Nepsava" ("Xalq soʻzi", kundalik gaz., 1873 y. dan), "Sabadshag" ("Ozodlik", haftalik gaz., 1990 y. dan), "Kortarsh" ("Zamondosh", oylik adabiy jur., 1957 y.dan), "Madyar shayto" ("Mojariston matbuoti", oylik jur., 1960 y.dan), "May magazin" ("Zamonaviy jurnal", oylik jur., 1981 y.dan). V. telegraf agentligi (MTI) 1880 y. da, V. radiosi 1924 y.da, V. televideniyesi 1957 y. da tashkil etilgan.

Adabiyotining tarixi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. Uning ayrim parchalari oʻrta asrlarga oid lotin tilidagi risolalarda saqlanib qolgan. Nomaʼlum muallifnimg "Mojarlarning ishlari" risolasi shu jumladandir. Mojar tilidagi dastlabki yozma adabiyot obidalari — "Qabr ustidagi vaʼz", "Assizlik Fransiskning sarguzashti" asarlari 13—14-a. larga mansub. Ya. Pannonius va B. Balashshi 15— 16-a. larda lirik sheʼrlari bilan mashhur boʻldilar. Turklar zulmiga qarshi mustaqillik yoʻlidagi kurashga bagʻishlangan asarlar milliy adabiy tilning shakllanishiga barakali taʼsir qildi. M. Zrinining "Siget falokati" epik dostonida milliy birlik gʻoyasi madh etildi. M. Dyondyoshining epik asarlari 17-a. mojar klassitsizmining namunasidir. 18-a. da maʼrifatchilik adabiyoti paydo boʻldi. Bu davrda "Agis", "Faylasuf", "Tarimenning sayohati" asarlarining muallifi D. Beshshenei, demokratik ruhdagi "Doroteya" hajviy eposi bilan shuhrat qozongan M. Chokonai-Vitez ijodi muhim. Y. Katoni, M. Vyoryoshmarti, milliy madhiya matnining muallifi F. Kyolchei romantik asarlari bilan tanildi. 19-a. ning 40y. larida adabiyotda realizm kurtaklari koʻrina boshladi. Y. Etvyosh "Qishloq notariusi", "1514 yilda Mojariston" romanlarida eski feodal tartiblarini tanqid qildi, Doji boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻolonini aks ettirdi. "Pahlavon Yanosh", "Milliy qoʻshiq" epik dostonlarining muallifi Shandor Petyofi mojar sheʼriyatini xalqchillik, demokratizm, realizm goyalari bilan boyitdi. Petyofi sheʼriyati 1848—49 i. lar inqilobida zoʻr ahamiyat kasb etdi. Bu davrda Ya. Aranning Toldi haqidagi poemalar trilogiyasi ("Toldi", "Toldi kechasi", "Toldining muhabbati") va qator sheʼrlarida dehqonlarning feodal tuzumga qarshi noroziliklari ifodalandi.

Mojar adabiyotiga shoir E. Adi katta hissa qoʻshdi. Uning "Mojar dashtida", "Mojar yakobinchisi qoʻshigʻi", "Dyord Doji nevarasi", "Jangovar yoʻl" kabi asarlari jamiyatni qayta qurish ruhi bilan sugʻorilgan. 1- va 2-jahon urushlari orasidagi davrda mojar inqilobiy lirikasining yirik vakili A. Yojef asarlari keng tarqaldi. Ispan milliy ozodlik kurashida general Lukach nomi bilan shuhrat qozongan yozuvchi Mate Zalka qator asarlarida, shuningdek "Doberdo" romanida ozodlik yoʻlidagi kurashchilar obrazini yaratdi, mehnatkashlar ongining uygʻonishini haqqoniy tasvirladi. V. adabiyotining yirik vakillari L. Meshterxazi, A. Berkeshi, I. Dobozi, L. Erdyosh asarlari yangi insonning shakllanishi masalalariga bagʻishlangan. Tanikli shoirlardan D. Iyesh, I. Shimon, G. Garai lirik asarlari, Y. Darvashning "Badmast yomgʻir" romani va D. Fekyotning "Vrach oʻlimi", F. Shantining "Soat yigirma", I. Erkenning "Totovlar xonadoni" qissalari ijtimoiy mavzuning chuqur tahlil etilishi, ruhiy holat tasvirining teran falsafiyligi bilan V. adabiyotida alohida oʻrin oladi.

Meʼmorligi[tahrir]

V. hududida paleolit va neolit davrlariga oid manzilgoxlarning qoldiqlari, skif-sarmat va antik madaniyatlarning yodgorliklari topilgan. Milodning dastlabki asrlariga mansub Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11—12-a. larda Pech, Estergomda meʼmorlik maktablari vujudga keldi. 11 —13-a. larda roman va gotika uslubidagi qoʻrgʻonlar, qasrlar va turar joylar qurildi. 15-a. ning 2-yarmidan Uygʻonish davri tamoyillari vujudga kela boshladi. 17-a. oxirlarida avstriyaliklar taʼsirida barokko uslubi yoyildi. 19-a. da klassitsizm uslubi tarkib topdi. 19-a. oxirida Budapeshtni qurish avj oldi (parlament binosi, opera teatri va b.). 19—20-a. boʻsagʻasida mojar "moderni" meʼmorligida xalq meʼmorligi usullaridan foydalanildi. 20-a. oʻrtalaridagi V. meʼmorlari salobatli sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar barpo etishga kirishdilar. Komlo, Varianati, Budapesht sh. larida jahonning eng kurkam meʼmoriy majmualari barpo etildi. Budapeshtdagi markaziy stadion (meʼmor K. David vab.), binokorlik sanoati kasaba uyushmasi xodimlari uyi (meʼmor L. Gardorash va b.), Dunay daryosiga qurilgan Erjebet koʻprigi (meʼmor P. Shali), Balaton koʻli boʻyidagi mehmonxonalar va b. binolar V. meʼmorligining muvaffaqiyati boʻlib, industrial asosda barpo etilgan.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

V. hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-a., Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-a. oxirlari, 16-a. boshlari) V. sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-a. oxiri, 18-a. boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-a. da portret (M. Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (M. Zichi) rivojlandi. 1848—49 y.lardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tarixiy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom M. Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-a. oxiri, 20-a. boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar mojar rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. M. Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar. Shu davr V. sanʼatida Sh. Xolloshi asos solgan Nadban realistik rassomlik maktabi katta rol oʻynadi. V. ning 20—30-y.lar sanʼatida Dyula Derkovich va Ishtvan Deshi-Xuber kabi mashhur rassomlar ijod qildilar. Fashizm tartibi oʻrnatilgandan keyin koʻpgina taraqqiyparvar rassomlar chet ellarda ishladilar, mamlakatda qolganlari ijtimoiy oʻtkir taʼsirchan asarlar yaratdilar. Rassomlardan Bertalan Por, Aurel Bernat, Ishtvan Syoni, haykaltaroshlardan Beni Ferensi, Jigmond Kishfaludi-Shtrobl, Yojef Shomodi, Tamash Viga, Dyord Shegeshdi, Ferens Kovach va b. Mojariston tasviriy sanʼatini boyitdilar. V. da amaliy sanʼat ham qad. anʼanalarga ega; Noemi Ferens yaratgan gobelenlar, Margit Kovach yaratgan sopol buyumlar eʼtiborli.

Musiqasi[tahrir]

Mojar xalq qoʻshiqlari bir ovozlidir; qad. ohanglari esa mari,udmurt, chuvash kuylarini eslatadi. Igrits deb ataluvchi mojar xalq baxshidostonchilari haqidagi dastlabki maʼlumot Yu-a.ga taalluqli. Xristianlik rasmiy din boʻlib qolgach (10-a.), Grigoriyem xoralining taʼsiri kuchaydi. Professional V. musiqasi (13-a. dan) zodagonlar orasida ravnaq topdi. Unda Gʻarbiy Yevropa musiqasi bilan mojar xalq musiqa ohanglari qoʻshildi. 16-a. da lyutnya ijrochisi va xonanda Sh. Tinodining tarixiy mavzudagi dastlabki dunyoviy qoʻshiklari, B. Bakfarq kabi sozandakompozitorlarning cholgʻu asarlari nashr etildi. 17—18-a. larda V. zodagonlarining koʻpchiligi oʻzlarining xor hamda cholgʻu kapellalari bilan nom chiqarishdi.

18-a. oxiridan cholgʻu musiqasining yangi raqsbop janri — verbunkosh taraqqiy etdi. Uning shaklanishida V. loʻli sozandalari katta rol oʻynadi. Keyinchalik milliy musiqaning asosiy uslubi darajasiga koʻtarllgan verbunkosh barcha janrlarga taʼsir qildi. Kompozitor Y. Ruzichka shu uslub zaminida birinchi V. operasi ("Belaning qochishi", 1822) ni yozdi. Oʻz ijodida verbunkosh bilan Italiya operanavislik tajribasini qoʻshgan 19-a. atoqli kompozitori F. Erkel "Bank ban", "Laslo Xunyadi", "Dyord Doja" singari milliy ozodlik harakati ruhidagi operalarni yaratdi. Verbunkosh ohanglari Gaydn, Motsart. Betxoven, Shubert, Brams, Berlioz, List singari kompozitorlarni ilhomlantirdi. 1834 y. da dastlabki Milliy musiqa maktabi tashkil topdi. Shuning zaminida F. List Musiqa akademiyasini barpo qildi (1918 y. dan List nomidagi Oliy musiqa sanʼati maktabiga aylangan). Peshtda opera teatri (1837), Milliy konservatoriya (1840, keyinchalik oliy musiqa maktabi deb iomlangan) barpo boʻldi. 1853 y. Filarmoniya jamiyati tashkil topdi. Mashhur pianinochi, kompozitor F. List faoliyati 19-a. V. musiqa taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. Bartok, 3. Koday singari kompozitor va musiqashunoslar xalq ijodi asarlarini oʻrganib, V. musiqa madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 20-a. da F. Legar, I. Kalman, V. Yakobi operettalari olamga mashhur boʻldi. V. musiqasi taraqqiyotida A. Mixay, P. Kadosha, R. Marosh, E. Servanski, F. Farqash, D. Ranki. P. Yardani, Sh. Sokolai, J. Durko singari kompozitor va musiqashunoslarning xizmatlari katta.

Teatri[tahrir]

Teatr kurtaklari 9-a.dagi koʻchmanchi mojarlarning uyinlari va marosimlariga borib taqaladi. Qiziqchimasharabozlar va baxshilar oʻziga xos xalq madaniyatining namoyandalari edi. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida maktab teatrlari rayem boʻldi. 18-a. boshida saroy teatr truppalari yuzaga keldi. 1790 y.da birinchi professional teatr tashkil qilindi. 1837 y.da Peshtda "Peshti madyar sinxaz" nomli doimiy teatr (1840 y. dan Mojar milliy teatri) ochildi. V. teatrining shakllanishida aktyorlardan M.’Lendvai, G. Egreshshi, R. Laborfalvi, M. Yasai, rej. E. Paulai katta rol oʻynadilar. 19-a. oxirida yana bir qator viloyatlarda teatrlar tashkil etildi. 1-va 2- jahon urushi orasida V. teatri chuqur tushkunlikka uchradi. Urushdan keyin yangi teatrlar ishga tushirildi: Budapeshtda Sh. Petyofi nomidagi teatr, M. Yokai nomidagi teatr, Seged, Pech va b. shaharlardagi teatrlar. Rej. lardan T. Mayor, E. Gellert, K. Kazimir, L. Vamosh, aktorlardan G. Bayor, K. Tolnai, A. Shomlai, M. Gabor, £. Rutkai, L. Bashti mashhur.

1925 y.da Budapeshtda turgʻun operetta teatri (1949 y. dan Milliy teatr) tashkil qilindi. Balet sanʼati 19-a. oxirida paydo boʻlib, 20-a. boshida rivojlandi. Budapeshtdagi Milliy teatr qoshida balet maktabi bor. V. da estrada, qoʻgʻirchoq teatri, sirk va sirk maktabi ham mavjud.

Kinosi[tahrir]

19-a. oxirida dastlabki xronika filmlari suratga olina boshladi. 1896 i. Budapeshtda birinchi kinoteatr ochildi. 1901 y. da mojar filmi "Rake" (rej. B. Jitkovskiy) yaratildi. Shu filmdan ilmiy-ommabop kino tarixi boshlangan. 1912 y. 14 okt.da milliy badiiy kinematografiya yuzaga keldi. 1912 y. dan V. filmlari muntazam suratda ishlab chiqarila boshladi. Keyingi yillarda V. da yaratilgan filmlar haqqoniyligi, jiddiy masalalarni koʻtarib chiqqanligi bilan ajralib turadi. V. kinematografiya ilmiy tadqiqot instituti (1956), Teatr va kino instituti bor. V. da ishlab chiqarilgan koʻpgina badiiy va qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarda mukofotlangan. 60—80-y. lardagi eng yaxshi filmlar: "20 soat" (rej. 3. Fabri), "Ota" (rej. I. Sabo), "Noumid" (rej. M. Yancho), "Fotosurat" (rej. P. Zolnai) va b. I. Pechi, K. Tolnai, M. Gabor, L. Bashti, Ye. Rutkai kabilar V. kinosining mashhur aktyorlaridir.

Oʻzbekiston — Mojariston munosabatlari[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Mojariston munosabatlari.

Manbalar[tahrir]