Dominika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dominika (Dominica), Dominika Hamdoʻstligi (The Common-wealfh of Dominica) — Dominika o.dagi davlat. Maʼmuriy jihatdan 10 tumanga boʻlinadi. Mayd. 749,8 km2. Aholisi 74,2 ming kishi (1999). Poytaxti — Rozo sh.

Davlat tuzumi[tahrir]

D. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kirgan respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1978 y. 30 noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1998 y.dan V. Shou). U Majlis palatasi (bir palatali parlament) tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan prezident lavozimiga faqat bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis palatasi, ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident Majlis palatasi aʼzolari orasidan tayinlaydi.


Tabiati[tahrir]

Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi 1447 m (Dyabloten vulkani). Iqlimi tropik va nam, ammo shim,sharkdan esuvchi passat shamoli tufayli issiq unchalik sezilmaydi. Oʻrtacha oylik t-ra 25—27°. Yillik yogʻin miqdori 1500—2500 mm, iyuldan sent.gacha baʼzan dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan yamyashil oʻrmonlar oralab koʻpgina mayda soy va daryolar oqib tushadi, goʻzal sharsharalar koʻp, ularning eng chiroylisi Rozo sh.dan 8 km naridagi Trafalgar sharsharasidir. Mamlakat koʻkatlar, ayniqsa butazorlar, bambuk va turli palmalarga boy. Issiq buloklar, MornTrua-Piton milliy bogi bor.

Aholisi, asosan afrikalik domini-kaliklar. Ingliz va fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili, maqalliy kreol tili keng yoyilgan. Dindorlar orasida katoliklar koʻpchilikni tashkil etadi.


Tarixi[tahrir]

D.ni 1493 y.da X. Kolumb kashf etgan. Uzoq vaqt fransuzlar b-n inglizlar oʻrtasida talash boʻlib keldi. Parij shartnomasiga binoan 1763 y.dan uzil-kesil Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1958— 62-y.larda VestIndiya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1967 y. 1 martdan "Buyuk Britaniya b-n uyushgan davlat" maqomini oldi. 1978 y. iyulda Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada D. konstitutsiyasi ishlab chiqildi va unga mustaqillik berish haqida qaror qabul etildi. Oʻsha yil 3 noyabrda D. mustaqilligi eʼlon qilindi. D.— 1978 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bay-rami — 3 noyabr— Mustaqillik kuni (1978).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. D. leyboristlar partiyasi, 1985 y.da tuzilgan; D. mehnatkashlari birlashgan partiyasi, 1988 y.da tuzilgan; D. Ozodlik partiyasi, 70-y.larning boshlarida tuzilgan; D. taraqqiyparvar partiyasi, 1990 y.da asos solingan. Fuqaro xizmati ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1940 y.da tuzilgan; D. ishchilari birlashgan ittifoqi, 1960 y.da asos solingan; D. kasaba uyushmasi, 1945 y.da tuzilgan.


Xoʻjaligi[tahrir]

Iqtisodiyotining asosini q.x. tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 25%, sanoatning ulushi 7,9%. Yerning koʻp qismini, ayniqsa sohillarni bananzorlar, kokos palmalari, sitrus mevalar, kakao, mango, tamaki, tokzorlar egallaydi.

Chorvachilik sust rivojlangan. Ishchi kuchining salkam 40% qishloq va oʻrmon xoʻjaligida, baliqchilikda band. D. sanoati q.x. xom ashyosini qayta ishlovchi mayda korxonalardan iborat. Turli meva sharbatlari va konservalari, kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi), sovun, efir moyi va sigara ishlab chiqariladi. Ozroq miqdorda toʻqimachilik mahsulotlari, mahalliy yogʻochdan taxta va fanera ham tayyorlanadi. Jil-vir tosh va ohak tosh qazib olinadi. Xorijiy sayyohlik yaxshi daromad kel-tiradi. Ishchi kuchining 20% shu tar-moqda band. Avtomobil yoʻllari uz. — 756 km. Xalqaro aeroport va dengiz porti bor. Chetga banan, meva sharbatlari va konservalari, sitrus mevalar, kopra, kakao va sovun chiqariladi. Chetdan oziq-ovqat, yoqilgʻi, turli asbobuskunalar, transport vositalari keltiriladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Karib hamdoʻstligidagi mamlakatlar. Pul birligi — Sharqiy Karib dollari.

Madaniyati. D.da katta yoshdagi aholining savodxonlik darajasi — 95%. Ped. in-ti mavjud. D.da "Ofishl gazett" ("Rasmiy gazeta", hukumat haftanomasi), "Nyu kronikl" ("Yangi xabarlar", haftalik gaz., 1909 y.dan) gaz.lari nashr etiladi. "Dominika brodkasting korporeyshn" hukumat radioeshittirish mahkamasi mavjud. Kabel telekoʻrsatuvi ishlaydi. [1]

Dominika Hamjamiyati
Dominika davlat bayrogʻi   [[Image:|110px|Dominika davlat gerbi]]
Bayroq Gerb
Shior: Après le Bondie, C'est la Ter
(Fransuzcha Patois: After God is the Earth)
Madhiya: Isle of Beauty, Isle of Splendour
Dominika Xaritasi
Poytaxt Roso
Rasmiy til(lar)
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Nikolas Liverpul
 •  Bosh Vazir   Roosevelt Skerrit
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   3 noyabr 1978
Maydon  
 • Butun 754 km² (187-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 69,029 (204- oʻrin)
 • Zichlik 91/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$384 mil. (209-)
 • Jon boshiga AQSh$5,563
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma DO
Internet domen .dm
Telefon prefiksi +1

Dominika (Dominika Hamjamiyati) poytaxti - Roseau shahri. BMT a'zosi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil