Nauru

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nauru Respublikasi
Ripublik Naoero
Nauru davlat bayrogʻi   Nauru davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: God's will first
Madhiya: Nauru Bwiema
(Nauru Our Homeland)
Nauru Xaritasi
Poytaxt Yaren Okrugi (no capital city)
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Ludvig Skotty
Mustaqillik   from Australia-, NZ-, and UK-administered UN trusteeship
 •  Sana   31 yanvar 1968
Maydon  
 • Butun 021 km² (231-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 13,048 (224- oʻrin)
 • Zichlik 621/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$60 mil. (223-)
 • Jon boshiga AQSh$4,598
Pul birligi AAQShtralian Dollar (AUD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma NR
Internet domen .nr
Telefon prefiksi +674


Nauru (Nauru), Nauru Respublikasi (Republik of Nauru) — Tinch okeanning jan.-gʻarbiy qismidagi Nauru o.da joylashgan davlat. Mayd. 21 km². Aholisi 12,3 ming kishi (2002), Ras-miy poytaxti yoʻq. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament — Yaren okrugida. Maʼmuriy jihatdan 8 okrug (district)ra boʻlinadi.

N. — Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibidagi respublika. 1968 y.gi konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshligi — prezident. U parlament aʼzolari orasidan 3 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni aholi tomonidan 3 y. muddatga saylanadigan va 18 aʼzodan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament aʼzolaridan boʻladi.

Nauru o. tektonik harakat natijasida suv ostida koʻtarilgan atoll boʻlib, unda halqasimon marjon qoyalari koʻtarmalari saqlangan. Yer yuzasi — plato (eng baland joyi 65 m). Platoning chetlaridagi kambar (eni 200 m gacha) sohil — terrasasimon. Iklimi issiq; oylik oʻrtacha t-ra 28°, yillik yogʻin 2500 mm. Doimiy oqar suvlari yoʻq. Ichimlik suv chetdan keltiriladi. Oʻsimligi qattiq bargli daraxt va bu-talardan iborat. Dengiz qushlari va hasharot koʻp.

Aholisining 60% mahalliy nauru (po-lineziyalik)lar, qolgan qismi — Oke-aniyaning boshqa orollaridan kelganlar, xitoylar, filippinlar va yevropaliklar. Rasmiy tillari — nauru va ingliz tillari. Dindorlarning 60% — protestant, qolganlari — katolik va b.

Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1798 y.da ingliz dengizchisi J. Fern kelgan, 1830-y.lardan savdogarlar, marvarid qidiruvchilar koʻchib kela boshlagan. 1888 y.da Germaniya orolni bosib olib, uni oʻzining Marshall o.lari protektoratiga qoʻshdi. 1898 y.da N.da boy fosforit koni topildi. 1914 y.da orolni Avstraliya qoʻshinlari egalladi. 1919 y.da N. Millatlar Ligasining mandatli hududi sifatida Buyuk Britaniya, Avstraliya vaYangi Zelandiyaga birgalikda boshqarish uchun beriddi. 1942 y.da N.ni yaponlar bosib oldi. 1947 y.da BMT ning vasiyligidagi Nauru oroli yana Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya boshqaruviga oʻtdi. 1940—50 y.larda mamlakatda mustaqillik harakati kuchaydi. 1951 y.da qabila boshliklari kengashi (1927 y. tuzilgan) asosida N. mahalliy boshqaruv kengashi tashkil etildi. 1966 y.da tuzilgan Qonun chiqaruvchi va Ijroiya kengashlari mahal-liy boshqaruv sohasida haqiqiy huquqlar oldi. Nihoyat, 1968 y.da N. mustaqil davlat — N. Respublikasi deb eʼlon qilindi. N. — 1999 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 yanvar — Mustaqillik kuni (1968).

N.da yagona partiya — N. demokratik partiyasi mavjud, u 1987 y.da tuzilgan. Mamlakat kasaba uyushma birlashmasi N. ishchi tashkiloti deb ataladi (1974 y.da asos solingan).

Iqtisodiyotining asosini fosforit qazib olish va eksport qilish tashkil etadi (yiliga 2 mln. tonna). Tropik oʻsimliklar, asosan, kokos palmasi oʻstiriladi, sabzovot va mevalar ham yetishtiriladi. Baliq ovlash va hunarmandchilik rivojlangan. Chetga, asosan, fosforit va kopra chiqariladi, chetdan oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashina va kon uskunalari, yonil-gʻi, uyroʻzgʻor asboblari keltiriladi. Sohil boʻylab 19 km tosh yoʻl qurilgan. Fosforit koni bilan port oraligʻidagi t.y. uzunligi — 6 km. Tashqi savdodagi mijozlari: Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya. Pul birligi — Avstraliya dollari.

N. maktablarida 2200 kishi taʼlim oladi. 1000 ga yaqin kishi chet ellarda oʻqiydi. Xukumatga qarashli "Bulletin" gaz. ingliz va nauru tillarida haftada 1 marta chiqadi. N. radioeshittirish xizmati (1968 y.dan) va N. televideniyesi (1991 y.dan) ishlaydi.[1]

Tinch okeanining g'arbiy qismida shu nomli orolda joyla shgan bu davlatning axolisi 14 000 kishidan iborat. O'z mustaqilligiga 1968-yilda erishgan. Nauru davlatini Avstraliya o'z ximoyasiga olgan va bu shunchaki shartnoma emasligini amalda xam isbotlagan. 1940-yilda Nauru xali mustaqil davlat maqomiga ega bo'lmagan bo'lsa-da, Germaniya xujum qilgan payitda Avstraliya ko'makka kelgan. Lixtenshteyn Poytaxti Vaduts shahri bo'lgan Markaziy Yevropadagi bu davlat Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh. Knyazlikda konstitutsa monarxiya tizimi xukum suradi. Garchi biror bir davlat rasman Lixtenshteyn mudofasini o'z zimmasiga olmagan bo'lsada, knyazlik xukumati Shvetsariyada o'tqazilgan muzokaralar chog'ida bir qator davlatlar bilan bu borada bitimlar imzolanganligini takitlaydi.[2]

Nauru (Nauru Respublikasi) - Tinch okeaning g'arbiy tomonida joylashgan karlik davlat. Mustaqilligi 1968 yilda e'lon qilingan. Nauru oroli ekvatordan 42 km janubda joylashgan. BMT a'zosi. {{Davlat_info

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR