Mosfilm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"MOSFILM" — Rossiyadagi badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kinostudiyalardan. 1924 y. Moskvada tashkil topgan. Turli nom l ar bilan atalgan. 1935 y.dan hozirgi nomida. S. Eyzenshteyn, V. Pudovkin, A. Dovjenko, M. Romm, A. Tarkovskiy va b. mashhur rej.lar faoliyat koʻrsatgan. Shuningdek, M. Kalatozov, A. Ptushko, V. Shukshin, G. Aleksandrov, S. Bondarchuk, G. Daneliya, A. Zarxi, Yu. Ozerov, G. Chuxray kabilarning ijodi "M." faoliyati bilan chambarchas bogʻliqdir. "Quvnoqbolalar" (G. Aleksandrov), "Aerograd" (A. Dovjenko), "Ivan Grozniy" (S. Eyzenshteyn), "Inson takdiri" (S. Bondarchuk), "Haloskorlik" (Yu. Ozerov) singari filmlari bilan shuxrat krzongan. 1945 y.dan kinostudiya qoshida "Kinoaktyor teatr-studiyasi" ishlab turibdi. 1991 y.dan boshka kinostudiyalarni suratga olish pavi-lonlari bilan taʼminlovchi kinokonsern vazifasini ham oʻtamoqda. MOT (fors. — oʻldi) — 1) shaxmat (shohmot) atamasi; oʻyinda shohning raqib donasi (donalari) kisht(lar)idan himoya topolmay qolgan xrlati. "Bolalarcha M." (1. ye4 ye5 2. Fs 4 Fs5 3. FrgZ Osb 4. Frx7X), "telba M." (1. f4 yeb 2. g4 Fr4X), "Legal M.i" (1.ye4 ye5 2. Fs4 d6. 3 Of3 Osb 4. OsZ Fg4 5. Oye5 FSH 6. Of7 She7 7. Od5X), "ziq M." (bunda oʻz donalari qurshovida qolgan shoh raqib oti tomonidan M. qilinadi) koʻrinishlari ham bor; 2) koʻchma maʼnoda — yengmoq, mulzam qilmoq shakllari ham qoʻllanadi (mas, ran bilan mot qilmoq). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil