Guanchjou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kantondan yoʻnaltirildi)

Guanchjou, Kanton - Xitoyning jan.dagi shahar va port, Jan. Xitoy dengizidan PO km, Chjutszyan (Marvarid) daryosining deltasida joylashadi. Guandun provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi chamasida (1998), aksariyati xitoy (xan)lar. G. Xitoyning koʻhna shaharlaridan. Ilk bor mil. av. 3-a.da Fanyuy nomi bilan tilga olingan. G. Jan. Xitoyning muhim iqtisodiy markazlaridan. Qadimdan tashqi savdo porti boʻlib kelgan. Yuk ortish va tushirish boʻyicha mamlakatda 3-oʻrinda turadi (yiliga 15 mln. t). T. y. tuguni, xalqaro aeroport bor. Sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik (asosan ipak, ip va jut gazlama i. ch.), oziq-ovqat, umumiy mashinasozlik, kora metallurgiya, qogʻoz, kimyo, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari eksport qilinadi. G.da bir necha oliy oʻquv yurtlari, jumladan Sun Yatsen nomidagi universitet (1924), tibbiyot, ped., moliya-iqtisod institutlari, botanika bogʻi va b. bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil