Monako

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Monako Qirolligi
Principauté de Monaco
Principatu de Munegu
Monako davlat bayrogʻi   Monako davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Deo juvante
(Lotincha: With God's help)
Madhiya: Hymne Monégasque
Monako Xaritasi
Poytaxt Monako
Rasmiy til(lar)
Hukumat Semi-Konstitutsion Rohiblik
 •  Rohib   Prins Albert II
 •  Davlat vaziri   Jon-Pol Prust
Mustaqillik  
Maydon  
 • Butun 001.95 km² (236-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 32,409 (215- oʻrin)
 • Zichlik 16620/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$870 mil. (195-)
 • Jon boshiga AQSh$26,844
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma MN
Internet domen .mc
Telefon prefiksi +377

Monaco (Monaco Qirolligi) poytaxti — Monako shahri. BMT aʼzosi

Monako (Monaco), Monako knyazligi (Principaute de Monaco) — Jan. Yevropada, Oʻrta dengiz so-hilidagi davlat. Mayd. 2 km². Aholisi 31,8 ming kishi (2001). Poytaxti — Monako sh. M.da monegasklar, fran-suzlar, italyanlar yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Dini — katolitsizm. Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga boʻlinadi. Bu okruglar bir-biri bilan qoʻshilib ketgan Monako, Kondamin va Montekarlo sh.laridan iborat.

M. — konstitutsiyali monarxiya (knyazlik). Amaldagi konstitutsiyasi 1962 y. 17 dek. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — knyaz (1949 y. 9 maydan Renye III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz bilan Millim kengash (parlament) amalgaoshiradi. Ijroiya xrkimiyatini knyaz nomidan Davlat vaziri boshchiligidagi Hukumat kengashi boshqaradi.

Mil. av. 10— 1-a.larda hozirgi M.hududida finikiy, keyinroq yunon manzil-gohlari boʻlgan. Mil. av. 1-a.da M.darimliklar, keyinchalik arablar, mil. 11-a.ning 2-yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419 y.dan M. mustaqil knyazlik, 1524 y.dan Ispaniya, 1641 y.dan Fransiya protektorati. Fransiya inqilobi natijasida M.da knyazlik hrkimiyati agʻdarilib, mamlakat Fransiyaga qoʻshib olindi (1793). 1814 y.gi Parij sulhi M. knyazligini tikladi, Vena kongressi (1814—15) qarori bilan M. Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1861 y.dan Fransiya protektorati. 1865 y.da Fransiya bilan bojxona ittifoqini tuzdi. Fransuz Moris Blan M.da qimorxona ochishga konsessiya oldi. "Dengizda choʻmilish jamiyati" tuzildi va u Montekarloda qimorxona majmuasini qurdi. Fransiya bilan M. oʻrtasidat.y. qurilgach (1868), Montekarlodagi qimorxona dunyoga mashxur boʻldi va M.ning asosiy daromad manbalaridan biriga aylandi.

1899 y. M.da Okeanografiya muzeyi tashkil etildi va u xalqaro okeanografiya tadqiqotlari markazi boʻlib qoldi. 1911 y. birinchi konstitutsiya joriy qilindi, unda saylab qoʻyiladigan Milliy kengash (parlament) koʻzda tutilgan edi. 1959 y.da knyaz Renye III Milliy kengashni tarkatib, konstitutsiyaning amal qilishini toʻxtatdi. 1962 y.da yangi konstitutsiya joriy etildi. 1963 y. 18 mayda Fransiya bilan M. oʻrtasida tuzilgan bitimdagi konvensiyaga muvofiq, Fransiya M.dagilarga erkin soliq solish huquqiga ega boʻldi. M. — 1993 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19 noyabr — Millat kuni.

M.da oziq-ovqat, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, kema taʼmirlash korxonalari bor. 800 ga yaqin xalqaro kompaniya va 50 bank boshqaruvi ishlaydi. M. — turizm markazlaridan biri. Bu yerda dunyoga mashhur kurortlar mavjud. Xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatish, kurortlar va qimorxonalar asosiy daromad manbaidir. Pul birligi — fransuz franki.

M.da rasmiy siyosiy partiyalar yoʻq; turli siyosiy tashkilotlar parlament saylovi vaktida faoliyat yuritadi. M. kasaba uyushmalari birlashmasiga 1944 y.da asos solingan. M.da oylik "Gazet Monako — Kot d’ Azyur" ("Monako gazetasi — Lojuvard soxil", 1976 y.da asos solingan), hukumatning haftalik "Jurnal de Monako" ("Monako gazetasi", 1858 y.dan), "Monako aktyualite" ("Monako yangiliklari", 1985 y.dan) gaz.lari chiqadi. Montekarlo radiosi va Montekarlo televideniyesi 1954 y.dan mavjud.

M. da boshlangʻich va oʻrta maktablar, hunartexnika bilim yurtlari, Monako sh.da Musiqa akademiyasi bor. M. hududida topilgan £ "S qad. madaniyat iz lari paleolit va neolit davrlariga mansub (Rasadxona, Bosse-Russe gʻorlari va b. joylardagi topilmalar). Finikiyaliklar hukmronligi davrida afsonaviy qahramon Melkart yoki Geraklga bagʻishlangan ibodatxona qurilgan. Gretsiya va Rim xukmronligi davrlariga oid sopol, oltin buyum va zebziynatlar, ayniqsa, koʻp topilgan. 1215 y.da genuyaliklar M. qoʻltigʻi atrofidagi qoya tepasiga kurgan qalʼa 16-a.da saroyga aylantirildi va u Monako shahri tarixiy markazining oʻzagi boʻlib qoddi.

M. sanʼati Fransiya va Italiya badiiy madaniyati taʼsirida rivojlandi. Bu yerdagi barcha muhtasham inshoot va binolar fransuz meʼmorlari loyihasi asosida qurilgan. Turar joylar, asosan, 2—3 qavatli imoratlar tarzida barpo etilgan. Keyingi yillarda baland binolar, koʻngilochar muassasalar koʻplab qurildi.[1]

MonacoLibreDeDroits.jpg

POYTAXTI Monako MAYDONI

   • 160,4 km ² •dunyoda 188 o’rin )

AHOLISI� 32 965 kishi. (220- o’rin) �• (2009) ZICHLIGI

16 999.6 kishi./km²

YIM�  • $ 870 mln $  (177- o’ )(2009)�  • aholi jon boshiga $27 000 MONAKO IQTISODIYOTI Banklarning mahfiyligi va past soliqlar chet el mamlakatlaridan milliardlarning tinimsiz kelishiga olib keladi. Tashqi qarzi yo’q,Valyuta rezervi 2 mlrd $ ni tashkil etdi.Ishsizlik darajasi past 3% . Ajoyib iqlim sharoiti va kazinolar o’ziga turistlarni jalb qiladi.Monakoda yilida 300 kun quyoshlidir.Iqtisodiyotning asosiy daromadlari turizm sohasidan olinadi.Hamda,qurilish,farmatsevtika,kimyo va elektron sohasi,bank va moliya sektori tashkil etadi. YIM 1999 yili 870 mln $ni tashkil etdi. Yiliga korxonalar pul aylanmasi 9mlrd yevroni tashkil etadi. Ishsizlik darajasi past.45000 ish o’rinlari bo’lib,aholi sonidan ham ortiq.Monakoda ishlaydiganlar boshqa davlat vakillaridir.. Iqtisodiy hamkor Fransiya.Umumiy bojhona va moliya tizimiga ega.Monako fransuz elektenergiyasini importiga bog’lanib qolgan. 1 yanvar 2002 yili Monako yevrodan foydalanishga o’tdi.2002 yilgacha Monegas frankidan foydalanar edi.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil