Chedvik Jeyms

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

CHEDVIK (Chadwick) Jeyms (1891.20.10, Manchester 1974.24.7) - ingliz fizigi. London Kirollik jamiyati aʼzosi (1927). E. Rezerfordshsht shogirdi. Manchester va Kembrij universitetlarini tugatgan. 1943—45 y.larda LosAlamos (AQSH) dagi atom bombasi loyihasi ustida ish olib borayetgan bir guruh olimlarni boshqargan. Liverpul universiteti prof (1935—48), Kembrij universiteti qoshidagi Ganvill va Kiz kolledji direktori (1948—58). Ilmiy ishlari atom yadrosi fizikasiga oid. Betanurlanish energiyasining tutash spektrini kashf etgan (1914), yadroda alfazarralar sochilishini oʻrganib, yadro zaryadini bevosita oʻlchagan (1920) va Rezerford atom nazariyasini uzilkesil tasdiqlagan. Berilliyni alfazarralar bilan nurlatganda vujudga keladigan nurlanishni oʻrganib, neytronni kashf etgan (1932). Nobel mukofoti laureati (1935).