Franklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Franklar - Quyi va Oʻrta Reyn boʻylarida mil. 3-a.da yashagan qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va b.). Adabiyotlarda 2 guruhga boʻlingan. 1guruh (gʻarbiy F.)ning negizini sali (dengiz boʻyi; keltcha sal — dengiz) F. i tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi boʻylarida, 4-a. oʻrtalarida esa Reyn daryosi sohillarida yashaganlar. 2guruh (sohil F.) Reyn daryosining yuqori qismi boʻylab Mayngacha boʻlgan hududda yashagan. Sali F.i 4 a. oʻrtasida rimliklar tomonidan tormor etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada krldirilgan; 451 y. gunnlarga qarshi Katolaun jangit qatnashganlar. 5-a. boshida sali F.i Galliyann Sommagacha egallaganlar. Frank davlati (5-a. oxiri — 9-a. oʻrtalari) tashkil topgan. Maas va Luara daryolari oraligʻida yashagan F. keyinchalik mahalliy aholi bilan singib ketib, shim. fransuz, shuningdek, vallon elatlari tarkibiga, Luaraning jan. rogʻida yashovchi F. esa, jan. fransuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn daryosining quyi havzasida yashovchi F. gollandlar va flamandlarning etnogenezida katta rol oʻynagan. Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻylab va Maas daryosi havzasida yashovchi F.da oʻziga xos etnik xususiyatlar saklanib qolgan. FRANKONIYA (Franken) Germaniyadagi tarixiy viloyat. Ilk oʻrta asrlarda franklar istiqomat qilgan hudud, 9-a. oxiri — 939 y.da Germaniya qirolligining qabilaviy gersogliklaridan biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. F. nomi faqat Sharqiy F. (Mayn daryosi xavzasi) uchun saklanib krlgan. Uning katta qismi 1803 y.da Bavariya tarkibiga kiritilgan.