Kosta-Rika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kosta Rika Respublikasi
República de Costa Rica
Kosta Rika davlat bayrogʻi   [[Image:|110px|Kosta Rika davlat gerbi]]
Bayroq Gerb
Shior: ¡Vivan siempre el trabajo y la paz!
(Ispancha: May work and peace be always alive!)
Madhiya: Noble patria, tu hermosa bandera
(Noble Fatherland, Your Beautiful Flag)
Kosta Rika Xaritasi
Poytaxt San Xose
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Oskar Arias
Mustaqillik   Ispaniyadan
 •  Sana   15 sentabr 1821
Maydon  
 • Butun 51,100 km² (129-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 4,016,173 (122- oʻrin)
 • Zichlik 78/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$40,440 mil. (85-)
 • Jon boshiga AQSh$10,069
Pul birligi Costa Rican Colon (CRC)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma CS
Internet domen .cr
Telefon prefiksi +506

Kosta-Rika (Kosta-Rika Respublikasi) poytaxti — San José shahri. BMT aʼzosi Markaziy Amerikaning eng kichik davlatlaridan biri boʻlgan Kosta-Rika ikki qitʼani bogʻlovchi yerlarda joylashgan. Poytaxti San-xose shahri boʻlgan bu davlat 1947-yildagi kelishuvga koʻra AQSh, Chili, Kuba kabi davlatlarga ishonib, hotirjam kun ko'radi.[1]

OʻzMEdan[tahrir]

Kosta-Rika (Costa Rica), Kosta-Rika Pespublikasi (República de Costa Rica) — Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Maydoni 51,1 ming km². Aholisi 3,77 mln. kishi (2001). Poytaxti — SanXose shahri Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (provincia)ra, viloyatlar kantonlarga, kantonlar okruglarga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. K.-R. — respublika. Amaldagi Siyosiy Konstitutsiyasi 1949 yil 7 noyabrda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (2002 yildan A. Pacheko); u aholy tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Prezident bevosita 2-muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis (bir palatali parlament) amalga oshiradi; uning 57 deputati toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil ga saylanadi. Ijroiya hokimiyat prezident tomonidan vazirlar mahkamasi yordamida amalga oshiriladi.

Tabiati. Mamlakat hududining koʻp qismi togʻliq. Soʻnmagan vulkanlar (Irasu — 3432 m, Poas — 2704 m va boshqalar) bor. Kordilyera-de-Talamanka tizmasidagi Chirripo-Grande togʻi (3820 m) K.-R.dagi eng baland choʻqqidir. Karib dengizi sohili botqoqli; Tinch okean sohilida qoʻltiq va yarim orol koʻp. Temir rudasi, oltingugurt, boksit, kumush, oltin, neft, marganets, simob konlari bor. Iqlimi — subekvatorial, tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 23°, iyulniki 25°. Yillik yogin sharqida 3000 mm, gʻarbida 1000–1500 mm gacha. Daryolari tez oqar va sersuv, quyi qismlarida kema qatnaydi. Yirik daryolari — San-Xuan, Rio-Frio. Mamlakat hududining salkam 65%ni egallagan nam tropik urmonlarda palma, eben, qizil, pushti daraxtlar, togʻ yon bagʻirlarida dub oʻsadi. Vulkan konuslaridagi (2700–3000 m) butazor va oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Tinch okean sohilida savannalar bor. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Maymunlar, puma, yaguar, tapirlar, zirxlilar, jayra va boshqa yashaydi. Kirgʻoqqa yaqin suvlarida ovlanadigan baliqkoʻp. Milliy bogʻlari: Korkovado, BraulioKorrilo, Chirripo.

Aholisining aksari kostarikanlar— asosan, 16—17-asrlarda Ispaniyadan kuchib borganlarning avlodlari (87%); metislar, negr va mulatlar ham yashaydi. Tub aholisi — indeyslar (bribrlar, boruka va boshqalar) 1% ga ham yetmaydi. Rasmiy til — ispan tili. Davlat dini— katolik dini. Aholisining 44,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Xose, Limon, Turrialba va boshqa

Tarixi. Hozirgi K.-R. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, sohillarda ular ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan. Markaziy togʻlik joylarda indeyslar dehkrnchilik, oltin, mis eritish, kulolchilik bilan shugʻullangan. 1502 yil K.-R. (ispanchaboy sohil) X. Kolumb tomonidan kashf etilib, Nuevo-Kartago deb atalgan. K.-R.ga 1513 yilda ispanlar bostirib kirdi. 1560 yilda mamlakat Gvatemala tarki-biga qushib olindi. 60-yillarga kelib ispanlar K.-R. hududini batamom egallab oldi. 16-asrda Kartago (K.-R. poytaxti), 18-asrda Erediya, San-Xose va boshqa shaharlar barpo etildi. 1810 yildan K.-R. aholisi ispan hukmdorlariga qarshi kurashdi va 1821 yil 15 sentabrda mustaqillikka erishdi. 1822 yil mamlakat Meksika imperiyasiga kushildi. 1823 yilda esa Markaziy Amerika Birlashgan viloyatlari federatsiyasi tarkibiga kirdi. Shu yildan San-Xose shahri K.-R. poytaxti boʻlib qoldi. 1825 yil K.-R. ning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi va K.-R. mustaqil davlat sifatida ajralib chikdi (1838).

50-yillar oxiridan mamlakat iqtisodiyoti tez rivojlana boshladi. 1901 yil Milliy respublika partiyasi tashkil topdi. 1920 yil ishchilar yalpi ish tashlab, 8 soatlik ish kuni joriy qilinishiga erishdilar. 1941 yil da K.R. fashistlar Germaniyasiga urush eʼlon qildi. R. A. Kalderon hukumati mehnatkashlar talabi bilan bir qancha demokratik isloxrtlar oʻtkazdi.

1948 yil da mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Nikaragua diktatori A. Somosa qoʻshinlari madadi bilan reaksion kuchlar gʻalaba qildi. 1953—58 yillarda hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamladi. 1970—74 yillarda ichki siyosiy turmushni demokratiyalash va millim suverenitetni mustahkamlash choralarini koʻrdi. 1986 yilda prezident etib saylangan O. Ari-as betaraflik siyosatini olib bordi. K.-R. — J945 yildan BMT aʼzosi. 2001 yil iyunda OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 15 sentabr — Mustaqillik kuni (1821).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy ozodlik partiyasi, 1945 yilda tuzilgan; Milliy ittifoq partiyasi, 1947 yil asos solingan; Sotsial-xristian birlik partiyasi, 1983 yil tashkil etilgan; Kostarikan xalqi partiyasi, 1984 yil tuzilgan. K.-R. mehnatkashlari unitar konfederatsiyasi, 1980 yil asos solingan; K.-R. demokrat mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1966 yil asos solingan.

Xoʻjaligi. K.-R. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 22%, sanoat ulushi 27%. Iktisodiy faol aholining 30% qishloq xoʻjaligida, 15% sanoatda band. Mayda va oʻrtax.ol dehqonlar koʻpchilikni tashqil qiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60% dan koʻprogʻi chetga sotiladi. Texnika ekinlaridan shakarqamish, abaka, tamaki, shuningdek, sholi, makkajoʻxori, oq joʻxori, kofe, banan, kakao, sitrus va boshqa yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. 1 yilda 3,9 mlrl. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, sement ishlab chiqarish, metallsozlik, avtomobil yigʻish, neftni qayta ishlash va kimyo korxonalari bor. Iqtisodiyotning kimyo, rezinatexnika, metallurgiya, sellyulozaqogʻoz tarmoqlari, chet el sayyohligi rivojlangan. Asosiy sanoat markazi — San-Xose shahri K.-R.da 1,4 ming km temir yoʻl, 26 ming km avtomobil yoʻli bor. Asosiy portlari: Limon va Puntarenas. 2 aeroport bor. K.-R. chetga kiyim-kechak, kofe, banan, kakao, qand-shakar, goʻsht, ki-myoviy tovarlar chiqaradi. Chetdan transport vositalari, yoqilgʻi, oziq-ovqat keltiradi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — kolon.

Tibbiy xizmati. K.-R. da tibbiy xizmat, asosan, davlat tasarrufida. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar San-Xosedagi universitetning tibbiyot fakultetida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1973 yil da majburiy 9 yillik taʼlim joriy qilingan, birok amalda boshlangʻich taʼlim majburiydir. Taʼlimning barcha bosqichlari — bepul. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil, oʻrta maktabda — 5 yil K.-R. da 5 universitet, shu jumladan, San-Xosedagi K.-R. universiteti (1843), Eredia shahrida Milliy universitet (1973) bor. San-Xoseda Lingvistika akademiyasi (1923), Tarix va geogr. akademiyasi, Atom energiyasi milliy komissiyasi (1967), Milliy ilmiy jamgʻarma, Milliy geogr. instituti (1944) va boshqa ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona (1888), universitet kutubxonasi, Milliy muzey (1887) va Milliy teatr galereyasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.-R. da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Nason" ("Millat", kundalik gaz., 1946 yildan), "Republika" ("Respublika", kundalik gaz., 1950 yildan), "Prensa libre" ("Erkin matbuot", kundalik kechki gaz., 1889 yildan), "Ora" ("Soat", kundalik gaz., 1946 yildan), "Gaseta" ("Gazeta", kundalik gaz., 1878 yildan), "Libertad" ("Ozodlik", haftalik gaz., 1962 yildan), "Abaniqo" ("Yelpigʻich", haftalik jur.,), "Polemika" ("Bahs", jur., 1981 yildan). Radioeshittirishlarni nazorat qiluvchi milliy boshqarma va hukumat telest-yasi mavjud. Bir qancha tijorat telest-yalari qam ishlaydi. Telekoʻrsatuvlar 1960 yildan olib boriladi.

Adabiyoti. K.-R. mustamlaka davri va undan ilgarigi adabiyoti kam oʻrganilgan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin K.-R. adabiyoti mustaqil rivojlana boshladi. 1890—91 yillarda bir necha shoirning "Kosta-Rika nazmi" toʻplamida milliy oxanglar yangradi. 20-asr boshlarida xalq turmushi aks ettirilgan koʻplab hikoyalar, qis-salar, dramalar va sheʼrlar yozildi. 10— 30-yillar ijod etgan K. Gaxini, X. Kardona, K. Lira romanlarida ijtimoiy muammolar yoritildi. 30—40-yillar adabiyotida turli oqimlar paydo boʻldi. M. Ximenes, R. Brenes Mesen kabi yozuvchi va shoirlar "Sanʼat sanʼat uchun" nazariyasini targʻib qildilar. K. L. Falyasning "Mamita Yunay", "Markoye Ramires" kabi romanlarida ijtimoiy kurash mavzui oʻz ifodasini topdi. X. Marin Kanyans, X. Gutyerres, F. Dobles va boshqa yozuvchilarning romanlarida, X. M. Seledon, G. Dobles va boshqa shoirlar ijodida, X. L. Sanches, D. Galyegos Troyo va boshqa novellalarida ijtimoiy-tanqidiy tamoyillar rivoj-lantirildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. K.-R. ning qad. sanʼati Meksika, Panama va Kolumbiya madaniyati bilan mushtarak. Boʻrtma tosh mehroblar, bahaybat toshlardan yasalgan boshlar, odam va hayvon gavdalari, sopol haykalchalar, qimmatbaho toshlardan, oltin va mis qotishmalaridan yasalgan narsalar, shakl va taqinchoqlar saqlangan. 18-asr gacha bunyod etilgan qurilishlar zilzilalar va qaroqchilar hujumi natijasida vayron boʻlgan. Mustamlaka davrida shaharlar (San-Xose, 1737—38) barpo etila boshladi. Ular toʻgʻri rejali qilib qurilgan va koʻkalamzorlashtirilgan. Xom va pishiq gʻishtdan qurilgan hovlili uylardan tashqari bir qavatli beton imoratlar ham koʻp. Indeyslarning turar joylari palma poyalaridan qurilgan. Erediya va Orosi shaharlarida barpo etilgan cherkovlar haligacha saqlanib qolgan.

Tasviriy sanʼati 19-asrda paydo boʻldi (haykaltaroshlar F. Gutyerres, X. Mora Gonsales, rassom E. Egandi Montero). 20-asrning 20- yil larida manzarachilar, mahalliy grafikachilar maktabi tashqil etildi (F. Amigetti, M. de la Krus Gonsales va boshqalar); ayniqsa, haykaltarosh F. Suniganing xalq hayoti asosida yaratgan indeyslar qiyofasi diqqatga sazovor. Xalq sanʼatida hunarmandchilik, oʻymakorlik, toʻqimachilik, kashtadoʻzlik, kulolchilik va boshqa rivojlangan.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil