Viloyat haqida - Shahar va tumanlar

Buxoro shahri

Umumiy ma’lumot. Buxoro shahri 2520 yil oldin tashkil topgan. Aholi soni 272,0 ming kishi, hudud maydoni 73,0 kv.km. Buxoro viloyatining markaziy qismida joylashgan.

Buxoro shahri shimoliy-sharqdan Buxoro tumani bilan, janubi-sharqdan Kogon tumani bilan chegaradosh.

Aholi demografiyasi.  Buxoro shahrida 272,0 ming kishi yoki viloyat aholisining 15,7 foizi istiqomat qiladi Bularning  82,0 foizini o`zbeklar, 6,0 foizini ruslar, 4,0 foizini tojiklar, 3,0 foizini tatarlar, 1,0 foizi koreyslar, 1,0 foizi turkmanlar, 1,0 foizi ukrainlar,  2,0 foizini boshqa millatlar tashkil etadi.

Aholi zichligi - 1 kv.km.ga 2702 kishi.

Ma’muriy tarkibi. Buxoro shahri viloyatning markazida joylashgan bo`lib, 63 ta mahalla fuqarolar yig`ini, 14 ta aholi punktlari mavjud.

Kogon shahri

Umumiy ma’lumot. Kogon shahri 1992 yil 9 dekabrda tashkil topgan bo`lib, Kogon tumani hududida joylashgan. Aholi soni    58,0 ming kishi, hudud maydoni 15,0 kv.km.

Shahar hududidan temir yo`l, avtotransport yo`llari o`tgan.

Aholi demografiyasi. 2013 yil 1 yanvar holatida aholisi 58,0 ming kishi, yoki viloyat aholisining 3,4 foizini tashkil qiladi. Aholining 71,0 foizini o`zbeklar, 15,0 foizini ruslar, 7,0 foizini tojiklar, 3,0 tatarlar, 1,0 qozoqlar,  1,0 foizini ukrainlar, 1,0 foizini oo`arbayjonlar, va 1,0 foizini belaruslar tashkil etadi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 3773,3 kishi to`g`ri keladi.

Ma’muriy tarkibi. Kogon shahri Buxoro shahar markazidan 12 km uzoqlikda joylashgan.

 Buxoro tumani

Umumiy ma’lumot. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Janubiy sharqdan Kogon tumani, shimoliy tomondan Romitan tumani, shimoliy g`arbdan Jondor tumani, janubi sharqdan Qorovulbozor tumani va shimoliy sharqdan Vobkent tumani bilan chegaradosh. Markazi -Galaosiyo shahri.

Maydoni 1,30 ming kv. km. Buxoro tumanida 6 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 13 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Ko`chkumar, Qavola Maxmud, So`fikorgar, Bog`ikalon, Yangi Turmush, Istiqbol, Kunji qal’a, Shergiron, Yurinbolo, Rabotiqalmoq, Losha, Shexoncha, Saxovat, Sohibkor), 19 ta mahalla fuqarolar yig`ini, 162 ta qishloq aholi nunktlari mavjud.

Tabiati. Buxoro tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 27,3, yanvarniki minus 3 daraja. Vegetatsiya davri 160-180 kun. Yiliga o`rtacha 225 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 114,0 ming kishi. Aholisining 92,0 o`zbeklar, 2,0 foizi tojiklar, 3,0 foizi tojiklar va 3,0 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 105,7 kishi to`g`ri keladi.

Vobkent tumani

Umumiy ma’lumot. Vobkent tumani  1926 yilda tashkil topgan. Janubdan Kogon tumani, janubiy g`arbdan Buxoro tumani, shimoldan G`ijduvon tumani, shimoliy g`arbdan SHofirkon tumani, g`arbdan Peshko` tumani va janubiy g`arbdan Romitan tumanlari bilan chegaradosh. Markazi -Vobkent shahri.

Maydoni 0,39 ming km2. Vobkent tumanida 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 11 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Kumushkent, Ehson, Qipchoq, Qo`ng`irot, Roxkent, Pirmast, Xalach, Xargo`sh, Xayrabodcha, Imomqozixon, Yangikent), 44 ta mahalla fuqarolar yig`ini  bor.

Tabiati. Vobkent tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 110-120 kun. Yiliga o`rtacha 200 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 123,0 ming kishi, 98,0 foizi o`zbeklar, 1,0 foizi tojikva yana 1,0 foizi boshqa millat vakillari dan iborat.  Aholi zichligi  1 kv.km.ga 416,2 kishi to`g`ri keladi.

Jondor tumani

Umumiy ma’lumot. Jondor tumani 1991 yil  28 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy sharqdan Buxoro tumani, janubiy g`arbdan Qorako`l tumani bilan, janubdan Olot va Peshko` tumanlari bilan, shimoliy g`arbdan esa Romitan tumani bilan chegaradosh. Markazi -Jondor shaharchasi.

Tumanda 9 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 13 ta qishloq fuqarolar yig`inlari (Samonchuq, Xumdonak, Po`loti, Xumin, Qaroli, Sepatta, Navrabot, Aleli, Oxshix, Romish, Lolo, Dalmun, Mirzayon), 37 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud.

Tabiati. Jondor tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 31,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 115-125 kun. Yiliga o`rtacha 190 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 152,0 ming kishi, asosan o`zbeklar, tojiklar va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 29,7 kishi to`g`ri keladi.

Kogon tumani

Umumiy ma’lumot. Kogon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy g`arbdan Buxoro tumani, janubiy sharqdan Qorovulbozor tumani va shimoliy sharqdan Navoiy viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 0,51 ming km2. Tumanda 9 ta qishloq, 12 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi – Kogon shahri.

Tabiati. Kogon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 4 daraja. Vegetatsiya davri 120-125 kun. Yiliga o`rtacha 190 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 67,0 ming kishi, asosan, o`zbeklar, shuningdek rus, tojik, qozoq, tatar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 131,4 kishi to`g`ri keladi.

Olot tumani

Umumiy ma’lumot. Olot tumani 1943 yil 13 fevralda tuzilgan. Tuman shimoldan Jondor tumani, shimoliy-sharqdan Buxoro tumani, sharqdan Qorovulbozor tumani, shimoliy-g`arbdan Qorako`l tumani va janub tomondan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.

Maydoni 3,2 ming km2. Tumanda 8 shaharcha (shahar tipidagi posyolka)lar, va 10 ta qishloq fuqarolar yig`inlari (Chorbog`, Denov, Chandir, Talqonsayot, Paxtakor, Jumabozor, Bahoriston, Guliston, Qirlishon, Soyiqorovul) va 33 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi - Olot shahri.

Tabiati. Olot tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 87,9 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek rus, turkman, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham bor. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 27,5 kishi to`g`ri keladi.

 Peshko` tumani

Umumiy ma’lumot. Peshko` tumani 1950 yilda tashkil etilgan. Viloyatning Jondor, SHofirkon, Romitan tumanlari hamda Navoiy viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi - YAngibozor aholi punkti.

Maydoni 8,2 ming km2. Tumanda  3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 10 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Ibn sino, Yangibozor, Istiqbol, Qoraqalpoq, Zandani, Qal’ayi-mirishkor, Navoiy, Varaxsho, Chibig`oni, Peshku),  26 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor.

Tabiati. Peshku tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 107,5 ming kishi,80,27 foizi o`zbeklar, 16,19 foizi tojiklar, 2,33 foizi qozoqlar, 0,28 foizi turkmanlar va qolgan 0,93 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 13,1 kishi to`g`ri keladi.

 Romitan tumani

Umumiy ma’lumot. Romitan tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Viloyatning Peshko`, Vobkent, Buxoro, Jondor, Qorako`l tumanlari va Xorazm viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 1,3 ming km2. Tumanda 3 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 6 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Romitan, Chelong`u, Qo`rg`on, Bog`iturkon, Sho`rcha, Qizilravot),  17 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud. Markazi - Romitan shahri.

Tabiati. Romitan tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 6 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 210 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 125,0 ming kishi, aksariyat qismi o`zbeklar – 85,0%, bundan tashqari 7,0 foizi tojiklar, 6,0 foizi qozoqlar va qolgan 1,0 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 96,1 kishi to`g`ri keladi.

 Shofirkon tumani

Umumiy ma’lumot. Shofirkon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy-sharqda Vobkent, janubiy-g`arbda Peshko` tumani, sharqda G`ijduvon tumanlari, shimolda Navoiy viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 3,72 ming kv.km. Tumanda 8 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 12 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Do`rman, Denov, Jo`yrabod, Tezguzar, S.Jo`ra, Bog`iafzal, M.Chandir, Sh.Hamroev, Jo`ynav, Iskogare, Vardonze),  37 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi -Shofirkon shahri.

Tabiati. Shofirkon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 4 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 220 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 158,1 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 42,5 kishi to`g`ri keladi.

 Qorako`ltumani

Umumiy ma’lumot. Qorako`l tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman shimol-sharqda Jondor tumani, janubiy-sharqda Olot tumani, shimoliy g`arbda Romitan tumani, janubda Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh.

Maydoni 9,84 ming kv.km. Tumanda 12 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 16 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Sayot, Jo`robod, Qulonchi, Qorako`l, Qozon, Darg`ali, Quyi Yangibozor, Quvvacha, Chandirobod, Jig`achi, Qoraxoji, Qoraun, Chovli, Mallaishayx, Ziyorat, Bandboshi),  33 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi - Qorako`l shahri.

Tabiati. Qorako`l tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 8 daraja. Vegetatsiya davri 125-130 kun. Yiliga o`rtacha 195 mm. yog`in tushadi.

Aholisi, 145,3 ming kishi, asosan o`zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi.Aholi zichligi  1 kv.km.ga 14,8 kishi to`g`ri keladi.

 Qorovulbozor tumani

Umumiy ma’lumot. Qorovulbozor tumani 1993 yil 12 sentyabrda tashkil qilingan. Janubiy-g`arbdan Olot tumani, shimoliy-g`arbda Kogon tumani, g`arbda Buxoro tumanlari va janubiy-sharqda Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 2,11 ming km2. Tumanda 3 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Bo`zachi, Navbahor, Jarqoq),  4 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi - Qorovulbozor shahri.

Tabiati. Qorvulbozor tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 33,5, yanvarniki minus 8 daraja. Vegetatsiya davri 120-130 kun. Yiliga o`rtacha 180 mm. yog`in tushadi.

Axolisi 15,9 ming kishi, aksariyat qismi o`zbeklar, rus, tojik, qozoq, tatar, turkman va boshqa mil­lat vakillari ham bor. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 7,5 kishi to`g`ri keladi.

 G`ijduvon tumani

Umumiy ma’lumot. G`ijduvon tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman
 janubda Vobkent tumani, janubiy-g`arbda Shofirkon tumanlari va shimoliy sharqda Navoiy viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 3,94 ming km2. Tumanda 11 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka), 14 ta qishloq fuqarolar yig`ini,  61 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor. Markazi -G`ijduvon shahri.

Tabiati. G`ijduvon tumani relefi pasttekislik, iqlimi keskin kontinental. Iyulning o`rtacha harorati 30,5, yanvarniki minus 5 daraja. Vegetatsiya davri 120-130 kun. Yiliga o`rtacha 210 mm. yog`in tushadi.

Aholisi 275,1 ming kishi, asosan, o`zbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, ukrain, ozarbayjon, tojik va rus millati vakillari yashaydi. Aholi zichligi  1 kv.km.ga 69,8 kishi to`g`ri keladi.