Yogʻoch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daraxt tanasining koʻndalang kesilgani
Kokos palmasi ustunlari

Yogʻoch — 1) ksilema — suv va unda erigan tuzlarni daraxt ildizidan barg va b. organlarga oʻtkazuvchi yogʻochlangan devorli hujayralardan iborat oʻsimlik toʻqimasi. Yo. massasining 95% ini hujayra qobigʻi tashkil etadi; qobiq, asosan, sellyuloza (43—56%) va lignin (19—30%) dan iborat. Yo. daraxtsimon oʻsimliklar tanasi, ildizlari va shoxlarining asosiy qismi hisoblanadi. Oʻzakli va poʻstloq osti qatlamli turlarga boʻlinadi. Oʻzakli turlari (qaragʻay, tilogʻoch, dub va b.) oʻzaklari birbiridan rangi b-n farqdanadi va markaziy qism deb ataladi, chekka zonasini esa poʻstloq osti qatlami deyiladi. Poʻstloq osti qatlamli turlar (zarang , qayin va b.)ning markaziy qismi chetki qismidan farq qilmaydi. Yo.ning fizik xossalari tashqi koʻrinishi (rangi, yaltirashi, teksturasi), zichligi, namligi, gigroskopikligi (nam oʻtkazishi), issiqlik sigʻimi va b. xossalari b-n ifodalanadi; 2) har xil daraxt jinslaridan olinadigan qurilish materiali. Yo. olinadigan daraxt jinslari bargli va ignabargli jinslarga boʻlinadi. Bargli jinslarga dub, shumtol, zarang , nok, qayin, terak, qayragʻoch, yongʻoq, argʻuvon va b., ignabargli jinslarga qaragʻay, archa, tilogʻoch, kedr, pixta va b. daraxtlar kiradi. Yo. daraxtning kimyoviy va tabiiy xususiyatlarini oʻzida saqlaydi. Asosan, daraxt tanasidan tayyorlanadi; daraxtning shoxshabbalaridan ham foydalaniladi. Yo. dumaloq gʻoʻla, xoda, taxta, faner, toʻrtburchak brus, yogʻoch plitalar, shpal, reyka va b. koʻrinishda ishlatiladi. Yo. ishlov berilgan va ishlov berilmagan xillarga boʻlinadi. Daraxtni agʻdarib, shoxlarini butab, tanasini maʼlum uzunlikda (3 m dan 7,5 m gacha) qirqib, poʻstlogʻini shilib tayerlanadigan dumaloq gʻoʻla, xoda ishlov berilmagan Yo. hisoblanadi. Yo.ning boshqa turlari (taxta, faner va b.) shu dumalok, Yo.ni arralab, tilib, yoʻnib, randalab, silliqlab olinadi. Bular ishlov berilgan Yo. hisoblanadi. Yo. qurilishda, mebelsozlikda, xalq amaliy sanʼatida (beshikchilik, sandiqchilik, cholgʻu asboblari yasash va b.), kimyo sanoatida, konchilikda, energetika, koʻpriksozlikda, qoplamapardozlash materiali, sellyuloza, qogʻoz, etil spirti va b. ishlab chiqarishda xomashyo, shuningdek, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi (q. Yogʻoch materiallar, Yogʻoch plastikalar, Yogʻoch plitalar).[1]

Yogʻoch — daraxtning poʻstlogʻi ostidagi qattiq qismi. Botanika nuqtai nazaridan tabiiy selluloza tolalari birikmalari joylashtirilgan lignin matritsasidan tashkil topgan organik modda. Tirik daraxt tanasida yogʻoch tayanch vazifasini oʻtab, tashqi xavf-xatardan (masalan, yiqitilishdan) saqlaydi. Shuningdek u tomirdan shox va barglarga suv yetkazib berish vazifasini ham oʻtaydi.

Yogʻoch koʻp ming yillar davomida asosan yoqilgʻi va qurilish moli sifatida hizmat qilib kelgan. Bundan tashqari yogʻoch ish qurollari, cholgʻu asboblari, mebel, qogʻoz va b. ishlab chiqarilishida ishlatiladi.

Yer yuzida 1 trillion tonna yogʻoch boʻlib, bu koʻrsatkich yiliga 10 milliard tonnaga koʻpaymoqda.

Eng qadimgi daraxtlar qoldiqlari 2011-yilda Kanadaning Nyu-Bransuik provintsiyasida topilgan boʻlib, ularning yoshi taxminan 395-400 million yilni tashkil qiladi[2].

Fizik hossalari[tahrir]

Kimyoviy hossalari[tahrir]

Yogʻoch savdosi[tahrir]

Shuningdek qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. N.B. fossils show origins of wood www.cbc.ca