Xarita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dunyo xaritasi (1689)


Xarita (yun. chartes — varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta — Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (qarang Geografik xaritalar, Xaritagrafiya).




Xaritalarning turlari. Xaritalar masshtabiga, ularda tasvirlangan hududning ko’lamiga, mazmuni, vazifasi va tuzilishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Xaritalar masshtabiga qarab quyidagi turlaiga bo‘linadi: yirik masshtabli — 1:10000 dan 1:200000 gacha, o‘rta masshtabli—1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda masshtabli— 1:1000000 dan kichik. Turli masshtabli xaritalarda voqea va hodisalar turli xil aniqlikda tasvirlanadi.ularda nima tasvirlanganligi va hududning kolamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va okeanlar xaritalari, tabiiy geografik o‘lkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar xaritalari, ma’muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar (qo‘riqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, shahar va viloyatlar. tumanlar xaritalari. Mazmuniga ko’ra xaritalar ikkita yirik guruhga bolinadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar. ===Umumiy geografik xaritalarda=== joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, kоʻl, muzliklar, tuproq va o‘simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo‘llari, chegaralar va h. k. ===Mavzuli xaritalar===, o‘z navbatida, yana ikki guruhga—tabiiy va iqtisodiy xaritalarga bo’linadi. "Tabiiy geografik xaritalar"ga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, o‘simlik, hayvonlar. landshaft, tabiatni qo’riqlash, foydali qazilmalar konlari xaritalari kiradi. "Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar" iqtisodiy, tarixiy, madaniy-siyosiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan iborat bo‘ladi. Vazifasiga ko’ra, xaritalar yana "ilmiy", "madaniyat va targ’ibot", "texnik", "sayohat" "xaritalari", "o‘quv xaritalari"ga bo‘linadi.