1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida mashhurlik qozongan, afsonaviy “Setora” guruhi yakkaxonlaridan biri Leyli (Laylo Galiyeva) qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda guruhning yana bir sobiq xonandasi Feruza Latipova o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @leyli_setora

Feruzaning yozishicha, Leyli qiz farzandli bo‘lgan. Ayni damda AQShda yashab, ijod qilayotgan Feruza Latipova dugonasini ikkinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘lgani bilan tabriklagan. Leylining to‘ng‘ich farzandi — o‘g‘il.

Foto: Instagram / @leyli_setora

2016-yilning dekabr oyida “Setora” guruhining tiklanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Guruh xonandalari Kamilla va Leyli poytaxtdagi restoranlardan birida yangi qo‘shiqlarining taqdimotini o‘tkazgan edi.