23:26 / 28.02.2022
93209
Putin javob sanksiyalari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi - Rossiyadan xorijga valuta chiqarish cheklanadi 
Foto: AP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «AQSh va unga qo‘shilgan xorij davlatlari va xalqaro tashkilotlarning nodo‘stona xatti-harakatlari munosabati bilan maxsus iqtisodiy choralar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat imzolanishi bilan kuchga kirdi, deb xabar berdi «Meduza».

Jumladan, 1 martdan boshlab Rossiya rezidentlari: 

  • xorij valutasini xorijdagi banklar va moliya tashkilotlarida ochilgan hisobraqam va omonatlariga o‘tkaza olmaydi;
  • xorijdagi to‘lov xizmati ko‘rsatuvchilar (bank hisobraqamini ochmasdan) elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda pul o‘tkazmalarini amalga oshira olmaydi;
  • qarz shartnomalari bo‘yicha norezidentlarga xorij valutasini o‘tkaza olmaydi.

Bundan tashqari, Rossiya rezidentlari — tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari — norezidentlarga tovar sotish va xizmat ko‘rsatishdan o‘z hisoblariga tushgan valuta aylanmasining 80 foizini sotishlari shart. Buni farmon kuchga kirganidan so‘ng uch kun muddat ichida amalga oshirish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainada maxsus amaliyot boshlaganidan so‘ng Rossiyaning qator banklariga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Bundan tashqari, G‘arb davlatlari Rossiya banklarini SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzishga qaror qildi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top