15-aprel madaniyat va sanʼat xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda

11:32 29 May 2021 Siyosat
687 0

Oliy Majlis Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisi kun tartibi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni muhokama etildi.

Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekistan Badiiy akademiyasi, Oʻzbekistan Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekistan kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbekistan teatr arboblari uyushmasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda keng jamoatchilikning takliflarini hisobga olib, madaniyat va sanʼatning jamiyatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotida tutgan oʻrnini hisobga olib, soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qonun bilan 15-aprel Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.

Ayna paytda dunyoning koʻplab davlatlarida ushb sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanadi. Xususan, 2008-yildan Italiya, Ispaniya, Rossiya, Argentina, Meksika, Kuba, Latviya va Litva kabi davlatlarda 15-aprel – Xalqaro madaniyat kuni Tinchlik bayrogʻi ostida tantana qilinadi.

Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va sanʼati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz aynan mana shu bayram kunida “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan takdirlanishi koʻzda tutilgan.

Xalq ijodiyoti rivojlantirish, madaniyat va sanʼat sohasidagi mahoratli ijrochi va ijodkorlar, professional kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, milliy sanʼatimiz namunalari jahon sahnasida eʼtirof etilishi uchun sharoitlar yaratishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan qonun yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?